Зиёдулла Давронов


Tayanch tushuncha va iboralar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/104
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203142
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   104
Зиёдулла Давронов

Tayanch tushuncha va iboralar:
Qadimgi yozma yodgorliklar, O‘rxun-Yenisey yodgorliklari,
Kushonlar, Buddizm, Zardusht, Avesto, Renessans, Xorazmiy, Forobiy,
Beruniy, Ibn-Sino, Ziji Ko‘ragoniy, Islom, bag‘rikenglik, Imom-A’zam,
Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Yassaviy, Naqshband.
Mavzuga oid savollar:
1. O‘rta Osiyoda falsafiy-diniy dunyoqarashning shakllanishini eslang.
2. Zarshdushtiylik. Avestoda ijod.
3. Sharq Renessansi davridagi ijod.
4. Islom dini va bag‘rikenglikni tushuntiring.


86
V bob. Ijodiy jarayonni ifoda etish shakllari va
metodlari
Metodologik bilim pog‘onalari. Metodlarning sifat jihatdan
xilma-xilligi va rivojlanishi.
Ijodda bilishning ahamiyati beqiyosdir. Uning (bilishning) asosiy
muammolariga: narsa va hodisalar, ularning manbalari, tabiat taraqqiyoti
bosqichlari, uslub va metodologiyasi, haqiqat, insonlarning biluvchanlik
faoliyati bilan amaliy faoliyati o‘rtasidagi bog‘lanish kabilar kiradi. Falsafa
tarixida bilish muammosini hal etishda turli yo‘nalishlar bahs yuritib
keladilar. Yuqorida biz ularning guvohi bo‘ldik. Bular: materializm,
idealizm, agnostitsizm, ratsionalizm, irratsionalizm, sensualizm, monizm,
eklektizm va boshqalardir. Masalan, Platon, Berkli, Kant, Gegel kabi
faylasuflar narsalarning mohiyatini inson tomonidan bilish mumkin emas,
deb agnostitsizm ( a - mumkin emas, gnozis – bilish, demakdir) yo‘nalishida
bo‘lganlar. Demokrit, Frensis Bekon, Djon Lokk va XVIII asrdagi fransuz
materialistlari esa bilishni borliqning inson ongida aks etishidir, deb ta’lim
beradilar. Ya’ni, bilishda insonlarning
amaliy faoliyati
hal qiluvchi o‘ringa
ega, deb tushuntirdilar.
Bilish murakkab jarayon bo‘lib, u bir necha bosqich (pog‘ona)larni
bosib o‘tadi. Birinchi bosqich bu insonlardagi
sezgi
faoliyatidir. Sezgi orqali
inson narsa va hodisalarni mushohada qiladi. Sezgilar besh xildir: ko‘rish,
eshitish, hid bilish, teri orqali sezish, tam bilish. Sezish, narsa hodisalarni
mushohada qilishga bog‘liq. Ikkinchi bosqich esa narsa va hodisalarni
tafakkur
qilish faoliyatidir. Tafakkur insonga berilgan oliy ne’matdir.
Insonlar narsa va hodisalarni o‘z tafakkuri orqali, ular aniq yoki mavhum
bo‘lishdan qat’i nazar o‘z miyasida qayta ishlaydilar. Bunda inson fikrlash
jarayonida turli tushunchalardan foydalanadilar. Inson miyasida
tushunchalarning paydo bo‘lishi u yoki bu bilimning paydo bo‘lishidir.
Bilimning paydo bo‘lishi esa inson ijodi uchun asosdir. Bu bosqich sezish va
mavhum fikrlash yordamida amalga oshadigan asosiy bosqich. Bilishning
haqiqiyligi shu bosqichda ko‘rinadi. Demak, amaliyot eng muhim


87
bosqichdir. Bosqichlarning har biri ma’lum vazifani bajaradi. Mabodo shu
bosqichlarning birortasi bo‘lmaganda ijod qilish mumkin emas edi. Ijod
jarayonida bosqichlarni bir-biridan farq qilish talab etiladi. Demak,

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin