35
Pe’salarini teatrlarda qo‘ydirmaydi. Baribir, Volterni xalq esdan
chiqarmaydi. Cherkov va hokimiyat ruxsatisiz Parij yaqinidagi qabristonda
dafn marosimi uyushtiriladi. Uning tirikligida 19 ta asarlar to‘plami nashr
qilingan bo‘lsa, vafotidan so‘ng 70 tomlik to‘la asarlar to‘plami nashr etildi.
1791 yilda ta’sis majlisining qarori bilan uning jasadi solingan tobuti
Parijning ulug‘ insonlar qabri Panteonda joylashtiriladi. U qo‘yilgan joyda
insoniyatning aqlini rivojlantirishga qo‘shgan ijodiy xizmatlari e’tirof etilib,
mavqei haqida fikrlar yozilib qoldirilgan.
Volter materializmning deizm shaklini qabul qilgan faylasufdir.
Ma’lumki, deizm so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, xudo degan ma’noni
anglatadi. Ya’ni, bu so‘zning falsafiy ma’nosi borliqning qiyofasi va
mavhum ilk sababchisi xudodir, lekin u tabiiy va ijtimoiy hayot taraqqiyotiga
ta’sir etmaydi, deb hisoblaydigan diniy-falsafiy ta’limot sifatida shakllangan.
Uning asoschisi ingliz faylasufi Cherberidir. Volter uning izdoshlaridan biri.
Volter ko‘pgina diniy aqidalar, vahiy, xudoning irodasi tasavvurlarini,
marosimlarni inkor etib, vijdon erkinligini targ‘ib qilgan ijodkor. U fan va
falsafani cherkov zo‘ravonligidan, aqlni din tazyiqidan uzoqlashtirishga
harakat qildi. Bu o‘rinda Volter, J. Lokk, I. Nyuton, G. V. Leybnitsning
faylasuflik ijodlarini himoya qildi. Sub’yektiv idealizmga qarshi chiqib,
uning barcha tomonlarini tanqid qildi. Agnostitsizmni qo‘llab-quvvatlamadi.
Metafizik qarashlarning falsafadagi zararini anglab bu uslubni ham tanqid
qildi. Metafizikani tanqid qilishda u
Dostları ilə paylaş: