133
Iqtisodiy tajriba o‘tkazish ham boshqa fanlardagi singari, tarixiy
jarayonlarni hisobga olgan holda olib boriladi. Olib boriladigan tajribalar
tasodifiy emas, balki zaruratdan kelib chiqqandir. Iqtisoddagi ilmiy tajriba
o‘zidan oldingi o‘tkazilgan tajribalarni hisobga olgan holda o‘tkaziladi. Bu
yerda vorisiylik holati mavjuddir. Vorisiylik bo‘lmasa edi, insoniyat hozirgi
yutuqlarga erishmagan bo‘lar edi. Jamiyat taraqqiyoti hozirgi holatda
bo‘lmas edi. Jamiyat murakkab xususiyatlarni o‘zida mujaccamlashtirgan
«biologik» jarayondir. Biologik jarayondagi faoliyat turli vazifalarni
bajargani uchun organizmlik xususiyatini yo‘qotmaydi. Jamiyat ham shu
kabidir. Jamiyatni ushlab turadigan, uni rivojlantiradigan «organ» bu
iqtisoddir. Iqtisod so‘zini muloqotga olib kirgan olim Arastu bo‘lib, Arastu
davridan boshlab u to‘g‘risida bosh qotirib keladilar. Iqtisodning so‘zma-
so‘z tarjimasi, ro‘zg‘or yuritish sa’nati ma’nosini anglatadi.
Iqtisod tom
ma’noda insonlarning tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va
Dostları ilə paylaş: