Зиёдулла Давронов


“Abduksiya ilmiy bilishni kuzatilayotgan faktlardan ularni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/104
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203142
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   104
Зиёдулла Давронов

“Abduksiya ilmiy bilishni kuzatilayotgan faktlardan ularni
tavsiflovchi va tushuntiruvchi gipoteza (farazlar)lar orqali yangi bilimni
kashf etishga o‘tkazadi.
Boshqa bir mushohada yuritish sxemasi - deduksiya (lotincha deductio -
chiqarish) esa umumiy tuzilmalardan xususiy tuzilmalarga, gipotezadan
faktga olib boradi. Hozirgi zamon epistemologlari K.Popper va
K.Gempelning fikricha, deduksiya eksperimental faktlar bilan


141
taqqoslanadigan ilmiy qarashlarga olib keladi. Eksperimental faktlar
gipotetik bilimni falsifikatsiya qilish, uni inkor etishga qodir”
1
.
Farazni o‘rtaga qo‘yish, tajribaviy dalillarni tushuntirish imkonini
beradi. Farazdan alohida xulosalar keltirib chiqariladi. Bu xulosalar esa
tajriba natijalariga solishtiriladi. Ilmiy bilishning ushbu uslubi
gipotetik-deduktiv usul deb ataladi.
Gipotetik-deduktiv mushohada
yuritish bilishning bosh bo‘g‘inini tashkil etadi. K.Popperning fikricha,
gipotetik bilim deduksiya normalari bilan tartibga solinadi. Deduksiya ilmiy
yondashishga olib keladi va bu dalillar tajriba dalillariga solishtiriladi.
Tajriba esa farazni va unga asoslangan gipotetik bilimni soxtalashtirishga,
undan foydalanishning asosli ekanligini inkor etish yoki aksincha bo‘lishini
tasdiqlashga qodir. Bilish jarayoni (epistemologiya)da gipotetik-deduktiv
usul farazga, qonunlar, tamoyillar, nazariyalarni aniqlashga olib boruvchi
tushuntiruvchi takliflarni asoslash uchun xizmat ham qiladi. Gipotetik-
deduktiv uslub dalillash usuli sifatida ta’lim nazariyasi, evristika, dialektika,
fikriy, eksperimental analiz, bo‘lg‘usi harakatlarni bashorat qilish va shu
kabilarda keng qo‘llaniladi. Bilish jarayonining bunday holatlarida (ilmiy
ijodda) tadqiqotchilar boshlang‘ich farazlardan iloji boricha ko‘proq
deduktiv xulosalar chiqarishga
harakat
qiladilar va o‘zlarining keyingi
harakatlarida shunga qarab tuzatish kiritadilar. Gipotetik-deduktiv usul
tabiatshunoslikda ko‘pgina nazariyalarning tuzilishini o‘rganish uchun,
ayniqsa samaralidir. Galiley, Nyutonlar klassik mexanikasining deyarli
barcha metodologik asoslari gipotetik-deduktiv mushohadalar asosida
qurilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin