144
jihatlarni, ya’ni tarixiy jihat bilan qaror topishning haqiqiy izchilligini
aniqlashga yordam beradi. Demak, iqtisodiyotda ham tarixiy jarayon tahlil
qilinib, nazariy jihatdan olingan bilim asosida, mantiqiy xulosalar
chiqariladi. Iqtisodiy tarix qanday bo‘lgan bo‘lsa, mantiqiy fikrlar ham
shunga mos tushishi kerak. Shu sababli ilmiy tadqiqotda mantiqiylik bilan
birga tarixiylik qo‘llaniladi. Bu tadqiqotning xarakteri va xususiyatiga
bog‘liq. Ammo, tarixiy usulga nisbatan mantiqiylikning ustun tomonlari bor.
Mantiqiylikda rivojlangan narsa va hodisaning o‘ziga xos aloqa va
holatlarini aniqlaganda, uning o‘zidan kelib chiqib, alohida xususiyatga ega
ekanligini aniqroq belgilab beradi. Shu bilan bir qatorda mazkur narsa yoki
hodisaning tarixini tushunish uchun yo‘l ko‘rsatadi. Demak, mantiqiylik
tarixiylikni tushunish vositasidir.
Hozirgi zamonda ana shu tarixiylik va mantiqiylikka asoslanib
yaratilgan bir qancha iqtisodiy sohalarni misol qilib keltirish mumkin. Bu
misollar «Ilmiy ijod metodologiyasi» qo‘llanmasining mualliflari tomonidan
quyidagicha izohlanadi. Misollarni to‘liq holda keltiramiz: «Menejer, firma,
korporatsiya yoki korxona ishini boshqarish tashkilotchisi ularni rivojlantirish
biznes-rejasini ishlab chiqar ekan, u, mohiyat e’tibori bilan, mazkur korxonaning
iqtisodiy ravnaq topishi tendensiyalari haqida ozmi-ko‘pmi asoslangan iqtisodiy
gipotezani ilgari suradi».
F. fon Xayek o‘zining «Katallaktika»ni rivojlantirish haqidagi teran va
o‘ziga xos gipotezasiga bozor iqtisodiga xos bo‘lgan jo‘shqin, immanent hodisa
- raqobatni asos qilib oldi.
Dostları ilə paylaş: