147
emas. Ne’matlarning bir xil birliklari har xil qimmatga ega bo‘lishi mumkin
emas, zero, har qaysi birlikni boshqa birlik bilan osongina almashtirish mumkin.
Mamlakatning yaqin istiqbolga (kelgusi yilga yoki yaqin bir necha yilga)
mo‘ljallangan byudjeti ham iqtisodiy gipotezaga qiziqarli misol bo‘la oladi: u
yoki bu demokratik mamlakatning hukumati byudjet loyihasini parlamentga
qonun sifatida ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etar ekan, u,
mohiyat e’tibori bilan, ehtimol tutilgan iqtisodiy rivojlanish haqidagi
gipotezani ilgari suradi. Bunday loyihada keltirilgan raqamlar, hisob-kitoblar,
grafiklar, foizlar, sxemalar gipotetik, ehtimoliy, taxminiy xususiyatga egadir.
Loyiha bir necha
marta qayta ishlanib, maromiga yetkazilganidan so‘ng
parlament byudjetni tasdiqlaydi. Ammo, davlat qonuniga aylanganidan
keyin ham byudjet haqiqatnamo gipoteza bo‘lib qoladi. Zotan, biron-bir,
hatto eng mufassal loyihada ham barcha omillarni e’tiborga olish mumkin
emas, shuning uchun ham bu gipoteza iqtisoddagi real ahvolga qay darajada
yaqin kelganini faqat hayotning o‘zi, iqtisodiy-xo‘jalik
faoliyati amaliyoti
ko‘rsatib berishi mumkin. Bunday gipotezalarning evristik qimmati oydek
ravshan ko‘rinib turadi.
Har qanday inson o‘zining kundalik hayotida, bozorga muttasil bog‘liqlik
sharoitlarida mahalliy iqtisodiy gipotezalarini ilgari suradi: oila byudjetini qay
yo‘l bilan oqilona va samarali sarflasa bo‘ladi, o‘z shaxsiy jamg‘armalarini
nimaga joylashtirgan ma’qul — aksiyalargami, ko‘chmas
mulkkami yoki biror
qimmatbaho buyumgami va h.k. Bunday ko‘p sonli gipotezalar negizida
hayotiy tajriba va sog‘lom fikr, Maykl Polani “shaxs bilimi”, deb atagan
bilim yotadi. Shaxsning yuqorida zikr etilgan gipotezalarida o‘z farovonligini
oshirishga bo‘lgan umid, aqlga muvofiq tavakkal elementi ko‘rinadi, mazkur
gipotetik bilimni ro‘yobga chiqarish esa shaxsning qobiliyati, mehnatsevarligi,
tirishqoqligi, ijodiy salohiyatiga bog‘liqdir.
Iqtisod fanida olim gipotezalarni ko‘rib chiqishdan iqtisodiy nazariya
tuzishga o‘tar ekan, u ma’lum konseptual sxemadan o‘rganilayotgan
ob’yektlarning tabiati haqidagi gipoteza va
farazlar majmui hamda mavjud
nazariy xulosalardan foydalanadi. Gipotezadan nazariyaga o‘tishda konseptual
148
sxemadan to‘g‘ri foydalanish tadqiqotchilarning ijodiy qobiliyati namoyon
bo‘lishi uchun real imkoniyat yaratadi”
1
.
Dostları ilə paylaş: