Зиёдулла Давронов


Sifatni oshirish usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/104
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203142
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
Зиёдулла Давронов

Sifatni oshirish usullari:
Gullar merosistemasini faollashtirish usuli bilan unimi o‘nlab
marta oshirildi. Nashani dalada yo‘qotadigan biopreparat usuli
ishlab chiqildi. Nikellash elektrolitlari optimal tarkibini aniqlashda sirtqi
taranglatish usuli yaratildi. Ko‘p fazali muhit gidromexanikasi qonuniyatidan
foydalanib tuproq osti sug‘orish usuli yaratildi. Gidroprivozli manipullash
organining mustahkamligini oshirish usuli. Orol havzasi suvini
tozalashning nazorat usullari ishlab chiqildi. Natriy volframati eritmalarini
tozalash usuli.
Kingisep fosforini ishlash usuli. Tuproq sifatini oshirish yangi usullari.
Chigitning sifatini oshirish usullari. Tseolit usuli tajribadan o‘tkazildi.
Chigitning kasallikdan qutqarish usullari. Qandlavlagini qayta ishlash
kompleks usuli. Televideniye effektligini oshirish usuli yaratildi. Yuqori
voltli elektroforez usuli mukammallashtirildi. Yangi spirtsiz ichimliklar
ishlab chiqarish usullari joriy etildi. Ko‘kalamlashtirish va gulshunoslikda
ilg‘or usullar yaratildi. Yadro reaksiyalari usuli bilan bir qancha
materiallar xususiyatlari bunyodga keldi. Chigitni elektrik tok va
kompozitsiya bilan qayta ishlash usuli yaratildi.


181
Modellashtirish usuli
1) Matematik modellashtirish.
Metallogenetik analiz uchun ikki model
tavsiya etildi: ob’yektlarning fazoviy tarqatishi modeli va ob’yektlar orasida
geometrik munosabatlar modeli. Suv havzasida suvning yuqori qatlamida
tasodifiy jarayonlar nazariyasidan foydalanib matematik model yaratildi.
Paxta teruvchi mashina harakatining matematik modeli bunyod etildi. Ilk
ontogenezning modeli. Fazoviy komponovka konstruktsiyalari matematik
modeli. Boshqaruv hujjatlari maketi optimallashtirish matematik model.
Differensial tenglamalar sistemasini yechishning modeli. Filtrlash modeli.
Gidrokimyoviy jarayonlarni matematik modeli. Har xil sistemalar
dinamikasining matematika modeli. Statistik modellarning turg‘unligi tatqiq
etildi. Paxta terish apparatida tola va chigitning zararlanishining ehtimollik
modeli. Stoxastik differensial tenglamalarga asoslangan tasodifiy
tebranishlarning miqdoriy modeli. Hisoblash matematikasi va texnikasining
zamonaviy modellari, informatika texnologiyasining oxirgi modellari ustida
ish olib borilmoqda.
2) Fizik modellash.
Tog‘ jinslarining transportlash jarayonini
modellash.
Makromolekula
deformatsiyasi
va
destruksiyasi
mexanizmlarining modeli. Nuklon zarbasida kvark-glyuon modeli.
Ekvivalent elektr o‘tkazishni aniqlash. Seysmik ta’sirda o‘zaro ta’sir modeli.
Suyuqlikda generatsiya qilish modeli. Ko‘p darajali tarqatilgan ekspert
sistemalarini avtomatlashtirish modeli yaratildi. Yozib olish,
modefikatsiya va ko‘chirib yozish modeli. Hisoblash kompleksida idora
qilish situatsiyalarini modellash. Chuqur fokusli zilzila geodinamik
modeli. G‘o‘zaning ilk rivojlanish modeli. Murakkab strukturali tuproqda
namlik, issiqlik va tuzlarning o‘tish modeli. Salbiy geotropizm effektini
ifodalovchi model.
3) Struktura - funksional modellar.
Dispetcherlik boshqaruvida
axborotlarni ishlash modeli transportda ko‘p ishlatilmoqda. Informatsion
texnologiyalari asosida ilmiy-texnikaviy rivojlanish modellari yaratildi.
Agrosanoat ishlab chiqarishda oldindan bilish modeli. Bozor iqtisodiyotiga
o‘tishda talablarning o‘zgarib turishini hisobga oladigan konseptual model


182
ishlamoqda. Byudjetga kirimni operativ oldindan aytish adaptiv modeli.
Paxta terish mashinalari uzellari va agregatlarini boshqarish modeli.
Kardiologiyada ekspert modeli. Algoritmlar xarakteristikalari tadqiq
qilishning dialog modeli. Energoob’yektlar strukturasini aniqlovchi
model. “Dvigatel-nasos-truboprovod” sistemasining umumlashtirilgan
dinamik modeli kashf etildi. Strukturalarni analiz qiluvchi tashqi model.
Elektro texnika asboblarining ish qobiliyatini topuvchi mantiqiy model
yaratildi. Oldindan aniqlash vositasi bo‘lgan makroekonomik model
ishlatilmoqda. Iqtisodiy siyosatni modellashtirish modeli yaratilmoqda
1
.
Ishonchimiz komilki, magistrantlar keltirilgan usullarga qiyoslash
natijasida o‘zlarining tadqiqotlari jarayonida yangi usullarga duch
keladilar va o‘zlari ham yangi usullarni kashf qiladilar.
Metodologiya ana shu usullarni boshqaradi, ularga ta’sir etadi,
boyitadi, o‘z navbatida o‘zi ham mazmunini boyitadi. Metodologiyani
yanada yaxshiroq tushunish uchun quyidagi fikr va mulohazalarga
diqqatni jalb etamiz.
Ma’lumki, metodologiya bu – dialektikadir. Narsa va hodisalarni
nisbiy bilish shu metodologiyaga bog‘liq. Metodologiya eng umumiy,
unversal usuldir. U o‘zining eng umumiyligini quyidagicha namoyon
qiladi. Masalan, bug‘doy o‘simligini olaylik. Bug‘doy o‘zining mazmuni,
sifati, shakli, voqeligi, tuzilishi, miqdori, ziddiyatlariga ega. Mazmun,
sifat, shakl, voqelik, tuzilish, miqdor, ziddiyat va boshqalar esa falsafiy
kategoriyalardir. Ushbu falsafiy kategoriya yoki tushunchalar orqali
bug‘doyning turli xususiyatlarini o‘rganishga kompleks yondashiladi.
Shunday yondashilganda bug‘doy haqida to‘la ma’lumot olish mumkin
bo‘ladi. Xo‘sh, bu iqtisodiyotda qanday amalga oshadi, degan savol
tug‘iladi. Demak, iqtisodiyotda ham metodologiya – ya’ni dialektikadan
shunday maromda foydalaniladi. Masalan, tovarning tannarxini aniqlash
uchun uning miqdorini, sifatini, shaklini, mazmunini, tuzilishini,
zaruriyligini, mohiyatini va hokazolarni o‘rganilib xulosa chiqariladi. Bu
1
О. Fayzullayev.Falsafa va fanlar metodologiyasi. Т., 2006 y
, 58-62 b.


183
holatlar xususiy usullar yordamida amalga oshiriladi. Xulosa shundan
iboratki, metodologiya iqtisodiy sohalarga har tomonlama yondashib
o‘rganishni taqozo etadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin