175
erishildi. Turmush tarzimiz hayotimizni jamiyatimizning asosiy tamoyillarini
va davlatimizning siyosiy, ijtimoiy, huquqiy iqtisodiy tuzilmalarini hal
qiluvchi, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, erkin demokratik
kelajagimizni aniq belgilab bergan asosiy qonun –
Konstitutsiyamizni qabul
qildik. Iqtisodiy yo‘nalishlarni belgilashda respublikamizning o‘ziga xos
turmush tarzi, shart-sharoitlari va xususiyatlari, xalq an’analari va urf-
odatlari har tomonlama hisobga olindi. O‘zbekiston tanlab olgan yo‘l
respublika va uning xalqi manfaatlariga nihoyatda mos keladigan ijtimoiy
jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan
iqtisoddir. Iqtisodiy islohotlar siyosiy manfaatlarga bo‘ysundirilgan
mamlakatlarda iqtisodiyot batamom barbod bo‘lishini hayot tasdiqlagan.
Shunday bo‘lsa xalqning ahvoli og‘irlashadi. Ziddiyatlar kuchayadi. “Biz
iqtisodni har xil siyosiy mafkuradan ustun qo‘yib, shu sohada bo‘lgan
muammolarni hal qila borib, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaymiz. Butun
jamiyatimizni yangilash asosini va inson uchun munosib shart-sharoitlar
yaratyapmiz.
Iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishga yangicha
yondashuvlarni hayotning
o‘zi taqozo etyapti. Iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqurroq ifoda etish,
ularning hayotiy zarurligini aniq ravshan anglab yetish lozim. Respublikada
har bir rahbar, har bir xodim ilg‘or fikrlovchi har bir odam islohotlar g‘oyasi
bilan yashashi lozim”
1
.
Demak, iqtisodiy islohotlarni asosiy tamoyil va g‘oyalarini tushunish va
tushuntirish fan rivojiga uni amaliy faoliyatga fandagidek, tatbiq etilishiga
bog‘liq.
Iqtisodiy islohotlarni, vazifalarni amalga oshirishda mamlakat uchun
quyidagi sohalar uzluksiz ustuvor yo‘nalishlar qilib belgilangan:
-
ta’lim va madaniyatni rivojlantirish va isloh qilish;
-
aqliy va ma’naviy salohiyatini mustahkamlash;
-
aholini ijtimoiy himoya qilish.
Bularni, umuman, iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirish, bozor
iqtisodiyotiga o‘tish, birinchi galda kadrlar imkoniyatiga, ularning kasb
1
I. Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.2.-T.: “O‘zbekiston”, 1996. 4-bet.
176
jihatdan tayyorlanganligiga bog‘liq. Ta’lim beradigan fanlar darajasini
yuqori pog‘onaga ko‘tarish davr talabidir. Bilimdonlik, yuqori madaniylik,
yutuqlar garovidir. Fan kashfiyotlari havo va suvdek zarurdir. Shu sababli
ham aytilishi lozimki, davlat bundan
buyon ham iqtisodiyotda, eng asosiy
ustuvor tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Chunki mamlakatimiz kelajagi ana shu tadqiqotlarga bog‘liq. Demak,
ilmiy ijod qilish, izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar faoliyatining moddiy bazasini
rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar tajribalarini o‘rganish, aloqalarni
mustahkamlash zarur. Buning uchun iqtisodiyotning amaliy ehtiyojlariga
yaqinroq bo‘lish, samarali natijalarni beradigan ixcham, izlanuvchan ijodiy
jamoalar tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiy sohadagi fan va ilmiy tadqiqotlarning doimiy rivojlanishi
uchun qulay shart-sharoitlardan biri bu ta’lim sohasini chuqur isloh qilishdir.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim to‘g‘risidagi
qonunining ishlab chiqilishi ayni muddao bo‘ldi. Qonunning 3-moddasida
“Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti
sohasida ustuvor deb
e’lon qilinadi” deb aytilishi bilan birga, ta’lim sohasidagi davlat siyosatining
asosiy tamoyillari ham ko‘rsatib berilgan.
Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik tavsifda ekanligi;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi; umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishi: akademik
litsey yoki kasb-hunar
kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta’lim tizimining dunyoviy
xarakterda ekanligi; davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning
hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va
tabaqalashtirilgan
yondashuv; bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish va boshqalar.
Bu ko‘rsatilgan tamoyillar ta’lim tizimidagi islohotlardan bo‘lib, sobiq ittifoq
ta’lim tizimidan tubdan farq qiladi.
Bu tamoyillar respublikada iqtisodiy sohalarni rivojlantirishga bevosita
ta’siri bo‘lmasa-da, lekin iqtisodiy sohada kadrlar tayyorlashning asosi
uchun zamin yaratadi. Ushbu tamoyillar asosida Oliy o‘quv yurtlarini tubdan
qayta qurish boshlandi. Yaqin yillargacha iqtisodiyotda ishlaydigan xodimlar
177
faqat Toshkent va Samarqandda tayyorlansa, hozirgi
paytda barcha
viloyatlarda iqtisodiy fan va ta’lim markazlari tashkil etilgan. Zero, zamon
talabiga mos mutaxassis tayyorlash zarur ekan, asosan, birinchi o‘rinda
o‘quv yurtlarini shakli, qiyofasi va tarkibi, moddiy bazasi ham zamonaviy
bo‘lishi talab etiladi. Ta’kidlash lozimki, 1997 yilgacha 300 dan ortiq yangi
turdagi ta’lim muassasalari ochilgan edi. Oliy o‘quv yurtlari qoshida 46 ta
litsey tashkil etilgandi. 800 dan ortiq o‘quvchilar chet ellarda ta’lim olib
qaytgan edilar. Ko‘pgina o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlarda malakalarini
oshirib keldilar. Hozirgi kunda ana shu olib borilgan tadbirlar natijasida
iqtisodiy sohada minglab xodimlar unumli mehnat qilmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: