Zilzila xavfi mavjud hududlarda jamoat binolarini loyihalash-azkurs.org
Yirik panelli binolarni yuqori darajada mexanizatsiyalashtirish imkoniyati katta boʻlganligidan binokorlikning bu uslubi seysmik va noseysmik hududlarda keng qoʻllaniladi. Bino vaznining yengilligi (gʻishtin devorli binolarga nisbatan 1,2—2 baravar yengil), devor materialining mustahkamligi, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarning soddaligi va yuk (kuch) ning butun sirtga bir meʼyorda tarqalganligi tufayli seysmik zonalarda shunday binolar koʻplab quriladi.
Seysmik hududlarda qoʻllaniladigan tashqi devor panellarining konstruksiyasi 1 va 3 qatlamli boʻlishi mumkin. Bir qatlamli panellar keramzit beton yoki yengil betonlarning boshqa turlaridan tayyorlanadi. Uch katlamli panellarning 2 chetki qatlami temirbetondan ishlanib, oʻrta qatlami mineral paxta, koʻpikbeton singari issiqsovuq oʻtkazmaydigan materiallardan tayyorlanadi. Yopma panellari xona oʻlchamida yasalib, toʻrttala qirrasi bilan devorga tayanadi.
Tarix sinovlaridan oʻtgan zilzilabardosh konstruksiyalardan biri sinchli imoratlardir. Bunday imoratlar Oʻrta Osiyoda juda kadim zamonlardan beri kurilib kelingan. Sinchlar turli yogʻoch materiallardan ishlangan. Endilikda koʻp qavatli binolar yogʻoch sinchlardan emas, ggoʻlat yoki temirbeton sinch (karkas)lardan qurilmoqda. Yangi materiallarning mexanik xossalari yogʻoch materiallardan ancha farq qilganidan bulardan ishlanadigan sinchlarning konstruktiv sxemalari ham boshqacha boʻladi. Bino sinchi ustun, toʻsin va yopmadan tashkil topadi; ular oʻzaro mustahkam biriktirilgach, yaxlit fazoviy tizimni hosil qiladi. Tizim elementlari ham vertikal, ham gorizontal (seysmik) kuchlarni qabul qiladi. Sinchlar orasiga gʻishtin devor uriladi.
Markaziy va Janubiy Amerika qadim zamonlardan beri va havas qiladigan muntazamlik bilan silkinib kelgan. Hozirgi Meksika, Salvador, Gvatemala, Kolumbiya va Chili hududlari eng ko'p zarar ko'radi, chunki ular tektonik plitalarning tutashgan joyida joylashgan.
Markaziy va Janubiy Amerika qadim zamonlardan beri va havas qiladigan muntazamlik bilan silkinib kelgan. Hozirgi Meksika, Salvador, Gvatemala, Kolumbiya va Chili hududlari eng ko'p zarar ko'radi, chunki ular tektonik plitalarning tutashgan joyida joylashgan.