Zilzila xavfi mavjud hududlarda jamoat binolarini loyihalash

Seysmobardosh qurilish, zilzilabardosh qurilish — seysmik (zilzila bot bot sodir boʻlib turadigan) hududlarda bunyod etiladigan bino va inshootlarni zilzila kuchi (seysmik kuchlar) taʼsiriga bardoshli qilib qurish. Yer kurrasining qaysi hududida qanday kuch bilan zilzila sodir boʻlishi mumkinligi seysmik hududlashtirish xaritalarida belgilab qoʻyilgan. Oʻzbekiston hududi ham seysmik hududlar jumlasiga kiradi, uning uchun ham seysmik hududlashtirish haritalari tuzilgan. Mazkur xaritalarda Toshkent, Andijon 9 balli, Fargʻona, Namangan va Samarqand 8 balli, Buxoro 7 balli hudud (zona)ga kiritilgan va h.k. Bino va inshootlar oʻsha hududda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan zilzila kuchiga bardoshli qilib loyihalanishi va qurilishi kerak. Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini taʼminlash uchun maxsus antiseysmik choratadbirlar qoʻllaniladi (buning natijasida bino va inshootlarning tannarxi 3—10% ortadi).