Zilzila xavfi mavjud hududlarda jamoat binolarini loyihalash Seysmobardosh qurilish, zilzilabardosh qurilish

Yüklə 13,68 Kb.
səhifə5/6
tarix25.10.2023
ölçüsü13,68 Kb.
#161284
1   2   3   4   5   6
Zilzila xavfi mavjud hududlarda jamoat binolarini loyihalash-azkurs.org

Chet el binokorligida tashki devorlar uchun yengil osma panellar keng qoʻllaniladi. Yengil panellar kam qavatli binolarda ham, koʻp qavatli osmonoʻpar binolarda ham juda keng tarqalgan. Xorijiy mamlakatlarda osma panellar, odatda, kup katlamli qilib tayyorlanadi. Panelning yuk koʻtaruvchi qismi alyuminiy yoki poʻlat karkas boʻlib, tashki va ichki tomonidan yupqa listlar bilan qoplanadi. Oʻrtasiga plastmassa, oyna yoki mineral paxtadan izolyasiya katlami joylanadi. Bunday panellar yengil (50 kg/m2) boʻlganligidan katta oʻlchamli (mas, 2—3 qavat balandlikda) qilib ishlanadi. Yengil panellarni taʼmirlash jarayonida ularni osongina almashtirish mumkin. Panel juda tez montaj qilinadi, chunki panel karkasga boltlar yordamida biriktiriladi.

Seysmik hududlarda quriladigan bino, inshootlar va metropolitenni loyihalash jarayonida ular odatdagi statik kuchlardan tashqari, qoʻshimcha ravishda seysmik kuchlar taʼsiriga ham hisoblanadi. Oʻzbekistonda 1996 yilgacha sobiq umumittifoq miqyosida amalda boʻlgan SN va P II—7—81 (qurilish meʼyorlari va qoidalari)dan foydalanib kelindi. 1996-yil 1 martdan eʼtiboran respublikada yangi qurilish meʼyorlari va qoidalari joriy etildi, 1997 yilda zilzila kuchini aniklash uchun seysmik shkala — Oʻzbekiston Respublikasi standarti (Oʻz RST 836—97) qabul qilindi. Seysmobardosh qurilishga doir i.t. ishlariga K.S. Zavriyev (Tbilisi), M. T. Oʻrozboyev, T. R. Rashidov (Toshkent), A. G. Nazarov (Yerevan), Ye. F. Savarenskiy, S. V. Polyakov va I. L. Korchinskiy (Moskva) va boshqa olimlar katta hissa qoʻshgan. Oʻzbekistonda Seysmobardosh qurilishga M. T. Oʻrozboyev asos solgan. Seysmobardosh qurilish sohasida Oʻzbekiston FA Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti, Seysmologiya instituti va baʼzi aksiyadorlik jamiyatlarida ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin