Oʻzbekistonda ham temirbeton karkasli binolar qurish keng tarqalgan. Seysmik hududlarda metall karkaslardan foydalanish ham yaxshi iqtisodiy samara beradi. Metall konstruksiyalar mustahkam va yengil boʻlganligidan zilzilabardosh binolar bunyod etishda juda qoʻl keladi. Pekin metall konstruksiyalarning zanglash, yuqori tralarda yuk koʻtarish xususiyatini yoʻqotish kabi kamchiliklari ham bor. Zilzila paytida yongʻin chiqishi mumkin, shuning uchun metall qismlar oʻtga chidamli materiallar bilan qoplanadi. Mac, Toshkentning Amir Temur hiyobonidagi 17 qavatli "Oʻzbekiston" mehmonxonasining 1 va 2 qavati yopmalari monolit, 3—17 qavatlariniki yigʻma temirbetondan ishlangan. Ichki devorlar yigʻma temirbeton, tashki devorlar esa keramzitbeton panellardan qurilgan.

Chet el binokorligida tashki devorlar uchun yengil osma panellar keng qoʻllaniladi. Yengil panellar kam qavatli binolarda ham, koʻp qavatli osmonoʻpar binolarda ham juda keng tarqalgan. Xorijiy mamlakatlarda osma panellar, odatda, kup katlamli qilib tayyorlanadi. Panelning yuk koʻtaruvchi qismi alyuminiy yoki poʻlat karkas boʻlib, tashki va ichki tomonidan yupqa listlar bilan qoplanadi. Oʻrtasiga plastmassa, oyna yoki mineral paxtadan izolyasiya katlami joylanadi. Bunday panellar yengil (50 kg/m2) boʻlganligidan katta oʻlchamli (mas, 2—3 qavat balandlikda) qilib ishlanadi. Yengil panellarni taʼmirlash jarayonida ularni osongina almashtirish mumkin. Panel juda tez montaj qilinadi, chunki panel karkasga boltlar yordamida biriktiriladi.