131
38-§. Ildam kaltakesakning tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi
Kaltakesaklarning yuragi baqaniki singari ikkita bo‘lma
va bitta
qorinchadan iborat, lekin birmuncha murakkab tuzilganligi bilan
suvda hamda quruqlikda yashovchilarnikidan farq qiladi. Shun-
ga qaramay, ular organizmida moddalar almashinuvi sust boradi.
Kaltakesaklar sovuqqonli hayvonlar bo‘lganidan tanasining harorati
atrof-muhit haroratiga bog‘liq. Shunga ko‘ra
sovuq tushishi bilan
ularning harakati sustlashib, hamma sudralib yuruvchilar singari
karaxt bo‘lib qoladi.
Kaltakesakning
hazm qilish, ayirish va nerv sistemasining tuzilishi
suvda hamda quruqlikda yashovchilarnikiga o‘xshaydi. Lekin tana
muvozanatini saqlaydigan va harakatini boshqaradigan miyachasi
ancha kuchli rivojlangan. Shuning uchun
kaltakesaklar suvda hamda
quruqlikda yashovchilarga nisbatan chaqqon va xilma-xil harakat
qiladi.
Dostları ilə paylaş: