134
8.3. Sudralib yuruvchilar sinfi
ilon turli qushlar va ularning jo‘jalari, kemiruv
chilar va kaltake-
saklar bilan oziqlanadi.
O‘zbekistonning
janubiy hududlarida kapcha ilon (kobra)
tarqalgan. Ilonning uzunligi 170 sm dan 2 m gacha bora-
di. Biron xavf tug‘ilganida yoki odam yaqinlashganida ilon
tanasining oldingi qismini ko‘taradi; bo‘ynini kengaytirib,
ogoh
lantiruvchi holatga o‘tadi.
Kapcha ilon qurbaqa, kemiruv-
chilar, kaltakesaklar va boshqa ilonlarni tutib yeydi. Bu ilon
o‘ta zaharli, uning zaharidan tibbiyotda foydalaniladi. Janubiy
hududlardagi tog‘larda va tog‘ etaklarida uzunligi 120 sm gacha
keladigan
ko‘lvor ilon uch
raydi. Ilon qushlar,
kemiruvchilar,
kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Ko‘lvor ilonning zahari juda
xavfli. O‘rta Osiyo janubidagi cho‘llarda va tog‘ etaklarida
uzunligi 80–90 sm keladigan
charx ilon tarqalgan.
Bezovta
qilingan ilon bir joyda aylana boshlaydi va terisidagi tangacha-
larini ishqalab, aylanadigan charx tosh singari ovoz chiqaradi.
Charx ilon chaq
qanida badanda kuchli og‘riq paydo bo‘ladi,
lekin ko‘pincha odam tuzalib ketadi.
Toshkent va Samarqand viloyatlari tog‘
etaklari, Mirzacho‘l va
Xorazm cho‘llarida
qalqontumshuq ilonni uchratish mumkin. Ilon
chaqqan odamning badani shishib ketadi va tana harorati ko‘ta
riladi.
U 10–15 kundan so‘ng tuzala boshlaydi (77-rasm).
Dostları ilə paylaş: