Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   171
zoologiya 7 uzb

Timsohlar turkumi.
Timsohlar bahaybat kaltakesaklarga o‘xshay-
di. Tanasining uzunligi 7 m gacha boradi (79-rasm). Terisi orqa 
tomondan juda qalin qalqonlar bilan qoplangan; orqa oyoqlari bar-
moqlari orasiga parda tortilgan va ikki yondan siqilgan kuchli uzun 
7 9 - r a s m . T i m s o h l a r :
1 – Nil timsohi; 
2 – Missisiði timsohi
2
1
dumi yordamida suzadi va sho‘ng‘iydi. Timsohlarning eng yirigi 
Nil timsohining uzunligi 7 m ga yetadi. Amerika qit’asida tarqalgan 
alligatorlar va Hindiston gaviallarining uzunligi 6,5 m gacha bo‘ladi.
Timsohlar – yirtqich hayvonlar. Ularning ko‘zlari va burun 
teshiklari boshi ustidagi maxsus bo‘rtiqchalarda joylashgan. Suv 
da 
suzayotgan timsohning burun teshiklari va ko‘zlari suvdan tashqari-
ga chiqib turadi. Shu holatda timsoh suvga yaqinlasha 
yotgan yirik 
hayvonlarni bemalol kuzatib turadi va sezdirmasdan yaqinlashib 
ularni tutib oladi. Urg‘ochi timsoh qirg‘oqqa chiqib, o‘zi qazigan 


138
8.3. Sudralib yuruvchilar sinfi
chuqurga o‘nlab tuxum qo‘yadi va ko‘pincha tuxum 
larini qo‘riqlaydi. 
Tuxumdan chiqqan bolalarini suvga olib boradi. Timsohlar boshqa 
sudralib yuruvchilarga nisbatan murakkab tu 
zilgan. Ularning o‘pka 
bo‘shlig‘i to‘siqlar bilan ko‘plab kame 
ralarga bo‘lingan, yuragi esa 
to‘rt kamerali. Lekin vena va arteriya qoni yurakdan chiqqandan 
so‘ng aralashib ketadi.
Timsohlar terisi yuqori baholanadi. Terisidan chiroyli portfel
sumka va oyoq kiyimlari tikiladi. Ayrim mamlakatlarda, masa 
lan, 
Kubada timsohlar maxsus hovuzlarda ko‘paytiriladi.
Sudralib yuruvchilarning kelib chiqishi.
Sudralib yuruvchilar qa-
dimda suvda hamda quruqlikda yashovchilardan kelib chiqqan. 
Bundan 300 mln yil oldin yer yuzida iqlimning tobora quruq 
lashib 
borishi ta’sirida suvda yashovchilar quruq iqlimga mos 
lashib borgan: 
ular 
ning terisi qalinlashgan; o‘pkasi kengayib, teri nafas olishda 
ishtirok etmaydigan bo‘lib qolgan. Tuxumlari 
ning po‘sti ham qa-
linlashib, ular quruqlikka tuxum qo‘ya boshlagan. Ulardan hozirgi 
sudralib yuruvchilar paydo bo‘lgan. Suvda hamda quruqlikda yashov-
chilarning boshqa bir qismi o‘zgarib, ulardan hozirgi dumlilar va 
dumsizlar kelib chiqqan.
1. Toshbaqalar kosasi qanday tuzilgan?
2. Cho‘l toshbaqasi qanday hayot kechiradi?
3. Timsohlar suvda yashashga qanday moslashgan?
4. Timsohlarning murakkab tuzilish belgilari nimalardan iborat?
5. Sudralib yuruvchilar qanday kelib chiqqan?
1. Toshbaqalar kosasi:
a) qovurg‘alar, kurak suyaklari bilan tutashib ketgan;
b) qovurg‘alar, bo‘yin va umurtqalar bilan tutashgan;
d) qovurg‘alar, umurtqalar va o‘mrov bilan tutashgan.
2. Timsohlar urg‘ochisi: 
3. Timsohning burun teshigi, ko‘zi:
a) chuqur qazib, tuxum qo‘yadi; 
a) boshidagi chuqurchada
b) turli hayvonlarni ovlaydi; 
joylashgan;
d) dam oladi. 
b) boshidagi bo‘rtiqda joylashgan;
d) boshining oldingi uchida joylashgan.
Timsohlar bilan ular tarqalgan joylar nomini juftlab yozing.
a) Nil timsohi; 
1) Amerika;
b) alligatorlar;
2) Hindiston;
d) gaviallar.
3) Afrika.


139
41-§. Ko‘k kaptarning tashqi tuzilishi

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin