138
8.3. Sudralib yuruvchilar sinfi
chuqurga o‘nlab tuxum qo‘yadi va ko‘pincha
tuxum
larini qo‘riqlaydi.
Tuxumdan chiqqan bolalarini suvga olib boradi. Timsohlar boshqa
sudralib yuruvchilarga nisbatan murakkab tu
zilgan. Ularning o‘pka
bo‘shlig‘i to‘siqlar bilan ko‘plab kame
ralarga bo‘lingan, yuragi esa
to‘rt kamerali. Lekin vena va arteriya qoni yurakdan chiqqandan
so‘ng aralashib ketadi.
Timsohlar terisi yuqori baholanadi.
Terisidan chiroyli portfel,
sumka va oyoq kiyimlari tikiladi. Ayrim mamlakatlarda, masa
lan,
Kubada timsohlar maxsus hovuzlarda ko‘paytiriladi.
Sudralib yuruvchilarning kelib chiqishi.
Sudralib yuruvchilar qa-
dimda suvda hamda quruqlikda yashovchilardan kelib chiqqan.
Bundan 300 mln yil oldin yer yuzida iqlimning tobora quruq
lashib
borishi ta’sirida suvda yashovchilar quruq iqlimga mos
lashib borgan:
ular
ning
terisi qalinlashgan; o‘pkasi kengayib, teri nafas olishda
ishtirok etmaydigan bo‘lib qolgan. Tuxumlari
ning po‘sti ham qa-
linlashib, ular quruqlikka tuxum qo‘ya boshlagan. Ulardan hozirgi
sudralib yuruvchilar paydo bo‘lgan. Suvda
hamda quruqlikda yashov-
chilarning boshqa bir qismi o‘zgarib, ulardan hozirgi dumlilar va
dumsizlar kelib chiqqan.
1. Toshbaqalar kosasi qanday tuzilgan?
2. Cho‘l toshbaqasi qanday hayot kechiradi?
3. Timsohlar suvda yashashga qanday moslashgan?
4. Timsohlarning murakkab tuzilish belgilari nimalardan iborat?
5. Sudralib yuruvchilar qanday kelib chiqqan?
1. Toshbaqalar kosasi:
a) qovurg‘alar, kurak suyaklari bilan tutashib ketgan;
b) qovurg‘alar, bo‘yin va umurtqalar bilan tutashgan;
d) qovurg‘alar, umurtqalar va o‘mrov bilan tutashgan.
2. Timsohlar urg‘ochisi:
3. Timsohning burun teshigi, ko‘zi:
a)
chuqur qazib, tuxum qo‘yadi;
a) boshidagi chuqurchada
b) turli hayvonlarni ovlaydi;
joylashgan;
d) dam oladi.
b) boshidagi bo‘rtiqda joylashgan;
d) boshining oldingi uchida joylashgan.
Timsohlar bilan ular tarqalgan joylar nomini juftlab yozing.
a) Nil timsohi;
1) Amerika;
b) alligatorlar;
2)
Hindiston;
d) gaviallar.
3) Afrika.