Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   171
zoologiya 7 uzb

Tana qoplag‘ichi.
Qushlar terisi pat bilan qoplangan. Patlar tu-
zilishiga ko‘ra kontur patlar va parlarga bo‘linadi. Kontur patlar 
vazifasiga binoan kontur-qoplag‘ich (tana yuzasidagi patlar), qoqish 
(qanotlar), boshqarish (dum), momiq patlarga ajratiladi. Pat ingichka 
va qattiq o‘zakdan hamda uning ikki tomonida joylashgan keng va 
yumshoq yelpig‘ichdan iborat. Pat yelpig‘ichi o‘zakdan chiqib, ket-
ma-ket ikki marta shoxlanadigan muguz o‘siqchalarning qalin to‘ri-
dan hosil bo‘ladi. Pat o‘qining pastki yelpig‘ichsiz uchi teridagi pat 
xaltasiga kirib turadi. Pat o‘zagidan chiqadigan 1-tartib o‘siqchalar 
o‘zaro parallel joylashgan. Har bir o‘siqchaning ikki yonida yanada 
ingichkaroq 2-tartib o‘siqchalar joylashgan. Bir-biri ning ustiga tushib 
turadigan yondosh o‘siqchalar juda mayda ilgakchalar yordamida 
qo‘shilib ketgan (82-rasm). Patlar yengil, egiluvchan va deyarli havo 
81-rasm. Kaptar 
qanotining tuzilishi:
1 – yelka suyagi; 2 – bilak 
suyagi; 3 – panja suyaklari
4 – muskullar; 5 – bi rinchi 
tartib qoqish patlari; 6 – 
ikkinchi tar tib qoqish patlari
1
2
3
4
5
6
1
11
10
9
2
3
4
5
8
7
6
80-rasm. Kaptarning tashqi tuzilishi:
1 – bosh; 2 – bo‘yin; 3 – qanot; 4 – dum; 5 – ustki tumshuq;
6 – ostki tumshuq; 7 – til; 8 – burun teshigi; 9 – quloq teshigi;
10 – barmoqlar; 11 – ilik


141
41-§. Ko‘k kaptarning tashqi tuzilishi
o‘tkazmaydigan bo‘ladi. Qushlar uchganida qanot va dumidagi qo-
qish va boshqarish patlari bir-birining ustiga cherepitsa singari tushib
ko‘tarish yuzasini hosil qiladi.
Qoplag‘ich patlar ostida momiq patlar joylashgan. Momiq patlar-
ning yelpig‘ichi yumshoq va g‘ovak bo‘ladi; 2-tartib o‘siq 
chalari 
bo‘lmaydi. Bundan tashqari, suv qushlarida parlar ham bo‘ladi. 
Parlarning o‘zagi juda kalta, o‘siqchalari uning uchida mo‘yqalam 
singari joylashgan. Parlar tanadagi issiqlikni yaxshi saqlaydi. Qushlar 
tullaganida ularning eski patlari to‘kilib, o‘rniga yangi patlari hosil 
bo‘ladi.
Qushlar terisida bezlar rivojlanmagan; faqat suv qushlarining dumi 
asosida dumg‘aza bezi bo‘ladi. Qush tumshug‘i bilan bu bezdan 
yog‘simon suyuqlikni siqib chiqarib, patlariga surkab turadi. Yog‘ 
patlarni egiluvchan va qayishqoq qiladi. Suvda suzadigan qushlarning 
yog‘langan patlari suv yuqtirmaydigan bo‘ladi. Qushlarning patsiz 
oyoq iligi terisidagi mayda tangachalar sudralib yuruvchilar terisidagi 
muguz tangachalarga o‘xshaydi. Ularning patlari, tumshug‘i, tirnoq-
lari ham muguzdan iborat.
1. Qushlar gavdasi qanday tuzilgan?
2. Kontur patlar qanday tuzilgan?
3. Momiq patlar va parlar qanday tuzilgan?
4. Kontur patlar qanday vazifani bajaradi?
5. Parlar qanday vazifani bajaradi?
6. Dumg‘aza bezlari qanday vazifani bajaradi?
1. Parlar yaxshi rivojlangan: 2. Shoxsimon tangachalar bo‘ladi:
a) o‘rmon qushlarida; 
a) oyoqning pastki qismi va barmoqlarda;
b) cho‘l qushlarida;
b) tumshug‘i va bo‘ynida;
d) suv qushlarida.
d) oyoqning boldir qismida.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin