142
8.4. Qushlar sinfi
3. Suvda suzuvchi qushlarning: b) tumshug‘i muguz bilan qoplangan;
a) kontur patlari qalin bo‘ladi; d) dumg‘aza bezlari yaxshi rivojlangan.
Patlarni ularning vazifasi bilan birga juftlab yozing.
a) qoqish;
1) uchganda gavdasini yo‘naltiradi;
b) boshqarish;
2)
tanasi yuzasini qoplab turadi;
d) qoplag‘ich;
3) tanada issiqlikni saqlaydi;
e) parlar.
4) ko‘tarish yuzasini hosil qiladi.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Pat qoplami, kontur patlar, boshqarish patlari, qoqish patlari,
momiq patlar,
kontur qoplag‘ich patlar, parlar, dumg‘aza bezi.
Jumboqni yeching. 1. Qushlarning bo‘yni tanasiga nisbatan uzun va
harakatchan, tanasining kalta va miqti bo‘lishi qushlar uchun qanday
ahamiyatga ega? 2. Nima sababdan xonaki parrandalar ucholmaydi? 3.
Nima sababdan qush go‘shti tez hazm bo‘ladigan parhez taom hisobla-
nadi?
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2a, 3d.
Juftlab yozish javoblari: a-4, b-1; d-2, e-3.
42-§. Ko‘k kaptarning skeleti va muskullari
Skeleti
. Ko‘k kaptar va boshqa
qushlarning skeleti bosh, umurtqa
pog‘onasi, qanot, oyoq hamda yelka va chanoq kamar
lari skeletidan
iborat (83-rasm). Skeletning tuzilishi qushlarning uchishga mos-
lashganligini aks ettiradi. Naysimon suyaklarning bo‘shlig‘ida havo
bo‘lganligi tufayli juda yengil bo‘ladi. Bir qancha suyaklar qo‘shilib
o‘sganligi tufayli qushlar skeleti sudralib
yuruvchilarnikiga nisbatan
ancha pishiq va mustahkam bo‘ladi.
Bosh skeleti yumaloq bosh qutisi, yirik ko‘z kosasi, yuqori
va pastki jag‘lardan iborat. Jag‘lar muguz bilan qoplangan tum-
shuqqa aylangan; tishlar bo‘lmaydi. Bosh skeletida faqat pastki jag‘
harakatchan bo‘ladi.
Umurtqa pog‘onasining bo‘yin bo‘limi uzun bo‘lib, o‘zaro
harakatchan birikkan umurtqalardan tashkil topgan.
Qush boshi-
ni orqaga 180° ga burishi, tanasini qimirlatmasdan va egmasdan
?!
143
42-§. Ko‘k kaptarning skeleti va muskullari
atrofidagi oziqni cho‘qilashi mumkin. Ko‘krak umurtqalari o‘zaro
harakatsiz birikkan. Bel, dumg‘aza va dum umurtqalari o‘zaro biri-
kib, yagona dumg‘aza suyagini hosil qiladi. Dum suyagi qushlar-
ning dumidagi burilish patlari uchun tayanch bo‘ladi.
Umurtqa
pog‘onasi
ning ko‘krak bo‘limi qovurg‘alar va to‘sh suyagi bilan birga
ko‘krak qafasini hosil qiladi. To‘sh suyagining pastki tomoni kenga-
yib, qa
yiqqa o‘xshash ko‘krak toj suyagini hosil qiladi. Bu suyakka
qanotlarni harakatga keltiradigan mus
kullar birikadi. Qovurg‘alar-
ning bir uchi ko‘krak umurtqalari, ikkinchi uchi to‘sh
suyagi bilan
harakatchan qo‘shilgan.
Qanotlar kamari ko‘krak tirgak, kurak va o‘mrov suyaklaridan
iborat. O‘mrov suyaklarining pastki uchi tutashib, ayrini hosil
qiladi. Qanot skeleti bitta yelka, ikkita bilak (tirsak va bilak)
va bir necha panja suyaklaridan tashkil topgan. Qushlarning qa-
notida faqat uchta barmoq bo‘ladi,
bu bilan ular suvda hamda
quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilarning besh bar moq
li
oldingi oyoqlaridan farq qiladi. Qanotidagi mayda panja suyaklar
qo‘shilib, yaxlit bitta suyakni hosil qiladi. Barmoqlar sonining
kamayishi va mayda suyaklarining qo‘shilishi tufayli panja suyagi
mustahkam bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: