Lug‘at daftaringizga yozib oling. Muguz tumshuq, bosh qutisi, ko‘krak toj suyagi, ko‘krak tirgak suyagi, ilik
suyagi, katta ko‘krak muskullari, o‘mrovosti muskullar.
5-laboratoriya mashg‘uloti. Qushlarning tashqi tuzilishi va pat qoplami Kerakli jihozlar: qush tulumi, patlar komplekti, qo‘l lupasi,
mikroskop.
Laboratoriya mashguloti quyidagi tartibda olib boriladi:
1. Tulum yordamida qushning tashqi tuzilishini o‘rganing.
Boshi, bo‘yni, qanotlari, dumi va oyoqlarini diqqat bilan ko‘zdan
kechiring.
2. Qush tumshug‘ining tuzilishini ko‘zdan kechiring. Tili, burun
va quloq teshiklarini toping.
3. Qush oyoqlari quyi qismining tangachalar bilan qoplanganligini
kuzating. Oyoqlardagi barmoqlarni sanang, barmoqlarining qanday
joylashganligiga e’tibor bering.
4. Qushning pat qoplamini diqqat bilan ko‘zdan kechi-
ring. Patlarning qush tanasida qanday joylashganligiga e’tibor
bering. Eng yirik va mayda patlar qanday joylashganligini
aniqlang.
5. Qoplovchi kontur patlarni ko‘zdan kechiring, pat uchi, yelpi-
g‘ichi va o‘zagini toping. Pat yelpig‘ichida o‘siqchalarning joylashi-
shini lupa va mikroskop yordamida tekshiring. Pat yelpig‘ichini nina
bilan titib, mikroskopda birinchi va ikkinchi tartibli o‘siqchalarni
o‘rganing.
6. Yelpig‘ichi titilgan patni siqilgan barmoqlaringiz orasi-
dan o‘tkazib, yelpig‘ichni yana o‘z holatiga kelishini tekshirib
ko‘ring.
7. Pat va parlarning tuzilishini solishtirib ko‘rib, ular o‘rtasida-
gi farqni aniqlang. Pat va momiq patning tuzilishini daftaringizga
chizib oling.
8. Qushlar bilan sudralib yuruvchilarning tashqi tuzilishi va teri
qoplami o‘rtasida qanday o‘xshashlik borligini aniqlang.