148
8.4. Qushlar sinfi
Ularning xilma-xill murakkab harakatlari miyacha bilan bog‘liq. Le-
kin ularning ko‘pchilik xatti-harakatlari (urchish,
uya qurish, tuxum
bosish, bola boqish) tug‘ma instinkt hisoblanadi.
Qushlarning hayoti davomida ham turli xil shartli reflekslar hosil
bo‘lib turadi. Masalan, tuxumdan chiqqan jo‘jalar dastlab ko‘zga
ko‘ringan hamma narsani cho‘qib ko‘radi. Keyinchalik ular yeb
bo‘ladigan va yeb bo‘lmaydigan narsalarni farq qilishni o‘rgana-
di; o‘z
egasini taniydigan, uning ovoziga e’tibor beradigan bo‘lib
qoladi. Qushlarning havoda chamalab yo‘l topish xususiyati ham
yaxshi rivojlangan. Bu xususiyat qushlarning uchib ketishi va uchib
kelishida katta ahamiyatga ega.
Qushlar turli tovushlar yordamida o‘zaro aloqa qiladi. Ular
sayrash bilan birga notinchlik, qo‘rqinch,
chaqiriq kabi holatlarni
bildiruvchi tovushlar chiqarib, o‘z turi individlari bilan o‘zaro
muno
sabatda bo‘ladi. Qarg‘a, mayna, qorayaloq va, ayniqsa,
to‘tilar ayrim so‘zlar va hatto iboralarni eslab qolib, takrorlashi
mumkin.
1. Qushlarning hazm qilish sistemasi qanday tuzilgan?
2. Qushlar qanday nafas oladi?
3. Qushlarning qon aylanish sistemasi qanday tuzilgan?
4. Qushlarning bosh miyasi qanday tuzilgan?
5. Qushlar hayoti davomida qanday reflekslar hosil bo‘ladi?
6. Qushlarning qaysi sezgi organlari rivojlangan?
1. Kloakaga ochiladigan organlar yo‘li:
a) ichak,
oshqozon, jinsiy bezlar;
b) ichak, jinsiy bezlar, siydik;
d) siydik, o‘t, jinsiy bezlar.
2. Qushlar bosh miyasining:
a) oldingi qismi va miyachasi kuchli rivojlangan;
b) o‘rta miya va miyachasi yaxshi rivojlangan;
d) yarimsharlari va miyachasi kam rivojlangan.
Dostları ilə paylaş: