Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   171
zoologiya 7 uzb

Cho‘l qushlari. 
Ochiq dasht va cho‘llarda pana joy topish qiyin. 
Bu joylarda yashaydigan qushlar yerdan oziq qidiradi; yerga tuxum 
qo‘yib, bola ochadi. Cho‘l qushlarining oyoqlari va bo‘yni uzun va 
baquvvat, patlari yer rangida bo‘ladi. Bu hol ularga dushmanlaridan 
oson qo 
chib qutulishiga va ularni uzoq 
dan payqashga yordam beradi.
T u v a l o q l a r t u r k u
m i. Tuvaloqlar – yi-
rik, tez yuguradigan qushlar, O‘z 
bekistonda uchraydigan yo‘rg‘a 
tuvaloq 
ning patlari yer rangida bo‘lganidan uzoqdan ko‘zga tash-


158
8.4. Qushlar sinfi
lanmaydi. U yov 
voyi o‘sim 
liklar 
bargi, novdasi, urug‘ 
lari, yer 
osti tuganaklari, har xil hasha-
rotlar, kaltakesaklar va mayda 
kemiruvchilar bilan oziqlanadi
juft bo‘lib yashaydi. Urg‘o-
chisi tuproq ustidagi chuqur-
chaga bir nechta tuxum qo‘yib 
bosib yotadi. Yo‘rg‘a tuvaloq 
(92-rasm) noyob qush sifatida 
“O‘z bekiston Respublikasinig 
Qizil kitobi”ga kiritilgan.
T u y a q u s h s i 
m o n-
l a 
r t u r k u m i.
 
Tuyaqushlar – eng yirik qush-
lar bo‘lib, qanotlari pat 
lari 
yelpig‘ich hosil qilmaydi; toj 
suyagi ham bo‘lmaydi. Ular uch 
maydi, am 
mo kuchli va uzun 
oyoq 
lari yordamida tez yuguradi. Oyoqlari ikki barmoqli. Tovoni 
qalin teri bilan qoplanganidan issiq qumda ham oyoqlari qizib 
ketmaydi. Tuyaqushlar yovvoyi o‘simliklar urug‘i, yirik hasharot-
lar bilan oziqlanadi. Afrika tuyaqushining bo‘yi 3 m ga, vazni 
100 kg ga boradi. U soatiga 60–70 km tezlikda yugura oladi. 
Tuyaqushlar Afrika dashtlarida kichik gala bo‘lib yashaydi. Erkak 
tuyaqush tumshug‘i bilan yerni kovlab uya yasaydi. Urg‘ochisi 
uyaga 4–9 ta tuxum qo‘yadi. Tuxumlarining vazni 1,5 kg ga ye-
tadi. Tuxum 
larni kunduzi urg‘ochisi, kechasi erkagi bosib yotadi. 
Urg‘ochisining patlari qo‘ng‘ir-kulrang tusda bo‘lganidan cho‘l 
manzarasida uzoqdan ko‘zga tashlanmaydi. Erkak tuyaqushning 
patlari qora bo‘lib, dumi va qanotlarining uchida oq patlar bor. 
Tuyaqushlardan Afrikada Afrika tuyaqushi, Janubiy Amerikada 
nandu, Avstraliyada emu tarqal gan.
1. Vohalarda qanday qushlar ko‘proq uchraydi?
2. Qaldirg‘och havo muhitiga qanday moslashgan?
3. Chumchuqsimonlar qanday foyda keltiradi?
4. Cho‘l va dasht qushlari yashash muhitiga qanday moslashgan?
5. Tuvaloqlar qanday hayot kechiradi?

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin