Qushlarni halqalash. Qishlov joyi, uchib ketish yo‘li, tarqa
lishi
va umr ko‘rishini aniqlash maqsadida qushlar halqalanadi. Buning
uchun qushning oyog‘iga halqalash markazining manzili yozilgan
yengil halqa kiydirilib uchirib yuboriladi. Halqalangan qushni tutib
olgan kishi halqani yechib olib, uni xat orqali ko‘rsatilgan manzilga
yuborishi kerak. Halqalash orqali O‘rta Osi
yo laylaklarining Shimoliy
Hindistonda, Yevropa laylaklari ning Janubi-Sharqiy tropik Afrikada;
bulbullarning tropik Afrikada, qaldirg‘ochlarning Afrika va Hindis-
tonda qishlashi aniqlangan.
1. Qaysi qushlar o‘troq deyiladi?
2. Qaysi qushlar ko‘chib yuruvchi deyiladi?
3. Qaysi qushlar uchib ketuvchi bo‘ladi?
4. Nima sababdan qushlar uchib ketadi?
5. Qushlar uchib ketish yo‘lini qanday aniqlashadi?
6. Qushlar nima maqsadda halqalanadi?
1. Bizning laylaklarimiz:
a) Tropik Afrikada qishlaydi;
b) Hindistonda qishlaydi;
d) Janubi-G‘arbiy Afrikada qishlaydi.
2. Qushlarni halqalashning asosiy maqsadi:
a) ko‘payish davrini aniqlash;
b) ko‘payish joyini aniqlash;
d) uchib o‘tish va qishlov joyini aniqlash.
Qushlar guruhini va ular uchun xos xususiyatlarni juftlab yozing.
a) o‘troq;
1) bizda kuzda va bahorda uchraydi;
b) ko‘chib yuruvchi;
2) ayrim turlari oziq g‘amlaydi;
d) uchib ketuvchi;
3) bahorda uchib kelib, uya quradi;
e) uchib o‘tuvchi.
4) o‘z joyini sekin-asta o‘zgartiradi.
Lug‘at daftaringizga yozib oling. O‘troq qushlar, ko‘chmanchi qushlar, uchib ketuvchi qushlar, qushlarni
halqalash.
Topishmoq qaysi hayvonga tegishli?
46. Qushlar ichida eng mittisi
Kapalakdek kelar kattasi.
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, 2d.
Juftlab yozish javoblari: a-2, b-4, d-3, e-1.
?!