165
48-§. Yirtqich qushlar
o‘rdak, g‘oz, bedana, kaptar va boshqa qushlar go‘shti
uchun sanoat
miqyosida yoki sport usulida ovlanadi. Dengiz o‘rdagi – gaaganing
uyasiga to‘shaydigan pari yengil sanoatda foydalanish uchun yig‘ib
olinadi. Qushlar axlati esa azot va fosforli moddalarga boy o‘g‘it
hisoblanadi.
Qushlarni muhofaza qilish ularni bezovta qilmaslik va uyasini
buzmaslikdan iborat. Qushlarni dalalarga
jalb etish uchun dalalar
chetida daraxtlar ekiladi. Qor ko‘p yog‘gan qish kunlari may-
da qushlar uchun daraxt shoxlari orasiga donxo‘raklar o‘rnatilib,
don-dunlar sepib qo‘yiladi.
1. Qushlar yirtqich hayot kechirishga qanday moslashgan?
2. Qora kalxat qanday hayot kechiradi?
3. Tasqara o‘z o‘ljasini qanday topadi?
4. Tasqara qanday hayot kechiradi?
5. Yapaloqqushlar qanday tuzilgan?
6. Yapaloqqushlar qanday ov qiladi?
7. Yirtqich qushlar tabiatda qanday ahamiyatga ega?
8. Qushlar odam hayotida qanday ahamiyatga ega?
1. Yirtqich qushlarning jufti:
a)
bir mavsum davomida saqlanadi;
b) ko‘payish davrida saqlanadi;
d) bir umrga saqlanadi.
2. Yapaloqqushlar tunda hayot kechiradi:
a) ko‘zlari katta, qorachig‘i keng;
b) ko‘zlari
boshining ikki yonida;
d) tanasi yapaloq, patlari tig‘iz joylashgan.
Yirtqichlar nomini ularga mos keladigan xususiyatlar bilan juftlab yozing.
a)
qora kalxat;
1) boshida ikki to‘p pati bor;
b) tasqara;
2)
dumi ayri, daraxtga uya quradi;
d) ukki;
3) kechqurun o‘lja
qidiradi;
e) boyo‘g‘li.
4) havoda qanot qoqmasdan ucha oladi.
Dostları ilə paylaş: