163
48-§. Yirtqich qushlar
Kunduzgi yirtqichlar turkumi.
O‘rta Osiyo hududida kunduzgi
yirtqichlardan
qora kalxat,
miqqiy, tasqara, jo‘rchi, burgut, qarchig‘ay
va boshqalar uchraydi.
Qora kalxat vohalar, to‘qaylar va tog‘larda, xullas,
daraxtlar
bo‘lgan hamma joyda uchraydi. Uchib borayotgan kalxatni ayri
dumiga qarab oson bilib olish mumkin. Kalxat Markaziy Afrika va
Janubiy
Osiyoda qishlaydi, mart oylarida uchib kelib, daraxt
larning
shoxiga in quradi. Kalxat juda foydali qush bo‘lib, ko‘pincha baqa-
lar,
kemiruvchilar, har xil hasharotlar, shu
ningdek, kushxonalarning
tashlandiqlari va o‘laksalar
bilan oziqlanadi; mayda qushlarni ham
tutib yeydi. U havoda baland uchib, o‘lja axtaradi.
Tasqara – o‘lkamizda uchraydigan qushlarning eng yirigi.
Tana
sining uzunligi 1,5 m ga, qanotlarini yozganda kengligi 3
m
gacha yetadi; uning og‘irligi 6–12 kg, boshi va bo‘ynidagi
Dostları ilə paylaş: