164
8.4. Qushlar sinfi
pat
lari juda siyrak bo‘ladi. Tasqarani uchganida keng va uzun
qa
not
laridagi oqish patlarini panjasimon yozilishiga qarab bilish
mumkin. U havoda uzoq vaqt
qanot qoqmasdan ucha oladi,
lekin yerda beso‘naqay qadam tashlaydi. Tasqara hayvonlarning
o‘laksasi bilan oziqlanadi. Sayhonlik ustida soatlab uchib, o‘laksa
izlaydi.
Tasqaraning tirnoq
lari kuchsiz bo‘lganidan tirik hayvonlar-
ga hujum qilolmaydi. Lekin juda kuchli, uchi qayrilgan tumshug‘i
bilan hayvonlar terisini yirta oladi.
Ko‘pchilik kunduzgi yirtqichlar zararkunanda kemiruvchilar va
hasharotlarni qirib, qishloq xo‘jaligiga foyda keltiradi.
Boshqalari esa
ko‘pincha kasal va qari hayvonlarni yo‘q qilib, boshqa hayvonlar-
ning kasallanishi oldini oladi; hayvonlar naslini sog‘lomlashtirishga
yordam beradi.
Y a p a l o q q u sh l a r t u r k u m i. Yapaloqqush-
lar – tunda hayot kechirishga moslashgan yirtqichlar.
Ularga faqat
qorong‘i tushgandan so‘ng ov qiladigan yapaloqqushlar: ukki,
boyo‘g‘li, boyqushlar kiradi. Yapaloqqushlar tumshu
g‘ining uchi
qayrilgan, tirnog‘i o‘tkir bo‘lib, tirik o‘ljani tutishga imkon bera-
di. Ularning ko‘zlari katta, ko‘z qorachig‘i keng ochiladi.
Shuning
uchun g‘ira-shira yorug‘likda ham mayda hayvonlarni ko‘ra ola-
di. Sezgir quloqlari esa tunda shitirlagan ovozni ham ilg‘ab oladi.
Patlari g‘ovak va yumshoq bo‘lganidan uchganida ovoz chiqmaydi.
Tungi yirtqichlarning yuzi yapaloq yuraksimon bo‘lganidan yapaloq-
qushlar turkumiga kiritilgan.
Ukki – yapaloqqushlar orasida eng yirigi. Boshining ustida
quloq
qa o‘xshash ikki to‘p pati dikkayib turadi. Ukki ko‘proq tur-
li
kemiruvchilar bilan oziqlanadi; ba’zan o‘rgimchaklar va ayrim
qushlarni ham tutib yeydi.
Boyo‘g‘li – ukkiga nisbatan ancha kichik. Kechqurunlari
simyog‘och yoki daraxtlarning qurigan shoxida o‘tirib olib, o‘lja
poylaydi. Bu qush o‘simliklarga ziyon keltiradigan qo‘ng‘iz, chigirtka
va
kemiruvchilarni qirib, juda katta foyda keltiradi.
Dostları ilə paylaş: