167
49-§. Parrandachilik
ler olish uchun boqiladi, ikki oylik jo‘jalarining og‘irligi 1,6 kg va
undan ortiq keladi.
O‘rdaklar.
Yovvoyi o‘rdak bundan 3 000 yil oldin xonaki
lash-
tirilgan. Xonaki o‘rdak tuxumining ta’mi uncha yaxshi bo‘lmaganligi
tufayli, odatda, go‘sht olish maqsadida boqiladi. Ularning Moskva,
Pekin, Ukraina zotlari ko‘paytiriladi. O‘rdaklarning ikki oylik jo‘ja-
lari og‘irligi 2,6 kg va undan ham ko‘proq keladi.
G‘ozlar.
Xonaki g‘ozlar yovvoyi kulrang g‘ozlardan kelib chiqqan.
Ular xonakilashtirish oqibatida yiriklashib, uchish qobiliyatini yo‘qot-
gan. Xonaki g‘ozlar go‘sht va momiq par olish uchun boqiladi.
Kurka
zotlari Amerika qit’asida yashagan yovvoyi kurkadan kelib
chiqqan. Kurkani Amerikadagi mahalliy xalqlar qo‘lga o‘rgatishgan.
Bu parranda XVI asrda Yevropaga olib kelingan. Kurka xonakilash-
tirilgan parrandalar orasida eng yirigi bo‘lib, vazni 16 kg ga boradi.
Dostları ilə paylaş: