169
50-§. Itning tashqi tuzilishi, skeleti va muskullari
qayishqoq, lekin dag‘al qiltiqlardan, ostki
qavati esa mayin va kalta
tuklardan tashkil topgan. Mayin tuklar orasida havo ko‘p bo‘ladi,
ular hayvon tanasidagi haroratni yaxshi saqlaydi. Dag‘al qiltiqlar
tuklar bilan birga terini himoya qilib turadi. Sutemizuvchilar ta-
nasida tuyg‘u vazifasini bajaradigan yirik va uzun qillar ham bor.
Ko‘pchilik sutemizuvchilarning terisida ter bezlari bor. Bezlar
issiq havoda tana haroratini doimiy saqlash va qo‘shimcha ajra
tish
organi vazifasini bajaradi. Issiq havoda bezlar orqali ajralib chiqadi-
gan ter hayvon tanasini sovitishi bilan birga
organizmdan ortiqcha
tuzlarni chiqarib yuboradi. Itlarning terisida ter bezlari bo‘lmagani-
dan ularning tanasi nafas olishi tufayli soviydi. Shu ning uchun itlar
issiq havoda og‘zini ochib, tez-tez nafas oladi.
Sutemizuvchilarning barmoqlari uchida muguz tirnoqlari yoki tu-
yoqlari bo‘ladi. Ba’zi hayvonlar (qoramollar, karkidonlar, antilopalar)
ning boshidagi shoxlari ham muguzdan iborat.
Skeleti.
Sutemizuvchilar skeleti bosh, umurtqa pog‘onasi, ko‘krak
qafasi, oldingi va orqa oyoqlar hamda ular
kamarlari skeletlaridan
iborat (96-rasm). Bosh miyasi ancha kuchli rivojlanganligi tufayli
miya qutisi ham boshqa umurtqali hayvonlarnikiga nisbatan yirik
bo‘ladi. Umurtqa pog‘onasi bo‘yin, ko‘krak, bel, dumg‘aza va dum
bo‘limlariga ajratiladi. Bo‘yin 7 ta umurtqadan iborat. Ko‘krak
umurtqalari 12–15 ta bo‘lib, qo
vurg‘alar va to‘sh
suyagi bilan
birgalikda ko‘krak qafasini hosil qiladi. Bel 2–9 (itlarda 6) ta
umurtqadan iborat. Bel umurt
qalari o‘zaro harakatchan qo‘shilganligi
tufayli hayvonlarning tanasi beldan bukilishi mumkin. Dumg‘aza
bo‘limidagi 3–4 ta umurtqa chanoq suyagi bilan qo‘shilib ketgan.
Dostları ilə paylaş: