Zoologiya uzb 2017. indd


-rasm. Yirtqich tishli kaltakesak va uning bosh skeleti



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   171
zoologiya 7 uzb

102-rasm. Yirtqich tishli kaltakesak va uning bosh skeleti


177
53-§. Sutemizuvchilarning xilma-xilligi: tuxum qo‘yuvchilar, xaltalilar, yo‘ldoshlilar
1. Sutemizuvchilarning qaysi belgilari sudralib yuruvchilarga o‘xshaydi?
2. Yo‘ldosh nima?
3. Homiladorlik nima?
4. Qaysi sutemizuvchilarning homiladorlik davri qisqa bo‘ladi?
1. Sutemizuvchilar embrioni:
a) juda kichik bo‘ladi;
b) tuxum yo‘lida rivojlanadi;
d) bachadonda rivojlanadi.
2. Tuban sutemizuvchilarning urug‘langan tuxumi:
a) tashqi muhitda rivojlanadi;
b) tuxum yo‘lida rivojlanadi;
d) bachadon devorida rivojlanadi.
3. Sutemizuvchilarning sut bezlari:
a) urg‘ochi hayvonning ko‘krak qismida bo‘ladi;
b) urg‘ochi hayvonning ko‘krak yoki qorin qismida bo‘ladi;
d) urg‘ochi hayvonning qorin qismida bo‘ladi.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Bachadon, homila, yo‘ldosh, homiladorlik, sut bezlari, yirtqich tishli kaltake-
saklar.
Jumboqni yeching. Sutemizuvchilarning qadimgi sudralib yuruvchilardan kelib 
chiqqanligini qanday isbot qilish mumkin?
Tasdiqlovchi javoblar; 1d, 2a, 3b.
Sutemizuvchilarning xilma-xilligi: 
53-§.
 
tuxum qo‘yuvchilar, xaltalilar, yo‘ldoshlilar
Sutemizuvchilar tuzilishi, ko‘payishi va bolasining rivojlanish 
xusu 
siyatlariga binoan tuxum qo‘yuvchilar, xaltalilar va yo‘l 
doshlilar 
guruh lariga ajratiladi.
Tuxum qo‘yuvchilar, 
ya’ni kloakalilar tirik bola tug‘masdan tuxum 
qo‘yib ko‘payadi. Sut bezlarining rivojlanganligi va tanasida jun yoki 
qillar bo‘lishi bilan ular sutemizuvchilarga o‘xshaydi. Lekin ular-
ning haqiqiy sutemizuvchilar uchun xos belgilari birmuncha kuchsiz 
rivojlangan. Chunonchi, bosh miyasi ancha sodda tuzilgan; sut bez-
lari so‘rg‘ichlari rivojlanmagan; tana harorati nisbatan pastroq (26° 
dan 36 °C gacha) bo‘ladi. Shuning bilan birga ularning tuzilishida 
?!


178
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
sudralib yuruvchilarga xos bir qancha xususiyatlar (masalan, kloakasi-
ning bo‘lishi, tuxum qo‘yib ko‘payishi) mavjud. Tuxum qo‘yuvchi 
sutemizuvchilarga o‘rdakburun va yexidna kiradi (103-rasm). Ular 
Avstraliya qit’asi va uning yaqinidagi orollarda tarqalgan.
O‘rdakburunning o‘rdaknikiga o‘xshash keng va uzun muguz 
tumshug‘i bor. Tanasi jun bilan qoplangan. U daryo qirg‘oq 
laridagi 
uyasida yashaydi. Oyog‘ining barmoqlari orasidagi suzgich pardasi 
yordamida yaxshi suzadi. O‘rdakburun tuxum qo‘yib, uni bosib yota-
di. Lekin tuxumdan chiqqan bolalarini sut bilan boqadi. Sut bez 
lari 
so‘rg‘ichlari bo‘lmaganidan junining sirtiga oqib chiqadi; bolalari ana 
shu sutni yalab oziqlanadi.
Yexidna – ko‘rinishi tiðratikanga o‘xshaydigan hayvon. Tanasi 
uzun qillar bilan qoplangan. Urg‘ochisi bitta tuxum qo‘yib, uni 
qornidagi xaltasida olib yuradi. Uning bolasi ham onasining qorin 
tomonidan terisi ustiga oqib chiqqan sutni yalaydi.
Xaltalilar
tuxum qo‘yuvchilar-
ga nisbatan birmuncha murakkab 
tuzilgan. Ular tirik bola tug‘adi; 
kloakasi bo‘lmaydi. So‘rg‘ichlari 
rivojlangan, tana harorati nisbatan 
yuqori (37°C gacha), bachadoni 
rivojlanmagan yoki juda kuchsiz 
rivojlangan. Shuning uchun tug‘il-
gan bola 
lari juda kichik va zaif 
bo‘ladi. Masalan, bo‘yi 2 m kela-
digan kenguru bolasining uzunligi 
bor-yo‘g‘i 3 sm. Xaltalilarning ur-
g‘ochisi tug‘ilgan bolasini ancha 
vaqt qornidagi xaltasida olib yuradi 
(104-rasm).

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin