182
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
uchraydi. Uning terisi boshqa sug‘urlarnikiga nisbatan yuqori
baholanadi; yog‘idan xalq tabobatida dori-darmon o‘rnida
foyda-
laniladi. Hozir soni juda kamayib ketganligi tufayli ko‘k sug‘ur
«Qizil kitob»ga kiritilgan.
1. Qo‘lqanotlilar qanoti qanday tuzilgan?
2. Ko‘rshapalaklar havoda qanday mo‘ljal oladi?
3. Kemiruvchilarning tishlari qanday tuzilgan?
4. Kemiruvchilar qanday hayot kechiradi?
5. Kemiruvchilar odam faoliyatida qanday ahamiyatga ega?
6. Qaysi kemiruvchilar qo‘lda boqiladi?
1. Qo‘lqanotlilar o‘ljasini havoda:
a) oldingi oyoqlarining erkin barmog‘i bilan tutadi;
b) keyingi oyoq panjalari bilan tutadi;
d) og‘zi yordamida tutadi.
2. Kemiruvchilarning kurak tishlari:
a) o‘sib
va yemirilib turadi;
b) doimo almashinib turadi;
d) asta-sekin o‘tmaslashib boradi.
Dostları ilə paylaş: