183
55-§. Yirtqich sutemizuvchilar turkumi
Kemiruvchilarni ularga mos keladigan xususiyatlar bilan juftlab yozing.
a) sichqonlar;
1) o‘lat
kasalligini tarqatadi;
b) kalamushlar;
2) «Qizil kitob»ga kiritilgan;
d) ondatra, nutriya;
3) ombor zararkunandalari;
e) ko‘k sug‘ur.
4) qimmatli mo‘yna beradi.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Qo‘lqanotlilar, ko‘rshapalaklar, ultratovush yordamida mo‘ljal olish, kemiruv-
chilar, sichqonlar, kalamushlar, yumronqoziqlar, ondatra, nutriya, sug‘ur.
Jumboqni yeching. 1. Qo‘lqanotlilarning skeleti va muskullarining
tuzilishidagi
qaysi xususiyatlar ularning qushlar singari uchishiga yordam beradi? 2. Nima
sababdan qo‘lqanotlilarning quloq suprasi keng bo‘ladi? 3. Nima sababdan
quyonlar in quradi, tovushqonlar esa in qurmaydi?
Topishmoqlarni toping va ularda keltirilgan ma’lumotlarni izohlab bering.
56.
Qanoti bor, pati yo‘q,
57. Uzun dumli buzog‘im bor,
Suti bor-u – tuyog‘i yo‘q.
Uyda undan hamma bezor.
58. Uzun quloq, tirtiq lab,
Qitirlatib
tun-u kun,
Qochar sakrab-sakrab.
Tinchlik bermas u beor.
Yoz to‘nini qishda yechar,
Kulrang to‘ndan voz kechar.
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2a.
Juftlab yozish javoblari: a-3, b-1, d-4, e-2.
55-§. Yirtqich sutemizuvchilar turkumi
Bo‘risimonlar
oilasi.
Bu oilaga bo‘ri, chiyabo‘ri, tulki, korsak
va yenot
simon
it kira
di (107-rasm). Ular hidni juda yaxshi seza-
di; o‘ljasini ta’qib qilib tutib oladi.
Bo‘rilar yil bo‘yi juft bo‘lib
yashaydi. Ular kunduzi biror pana joyga bekinib olib, kechasi ov
qiladi. Bo‘rilar kuchli va chaqqon bo‘lishi tufayli o‘zidan ham yirik
hay
vonlarni ovlashi mumkin. Bo‘rilar
uy hayvonlariga ham hujum
qiladi. Hayvonlarni yeyishdan ko‘ra g‘ajib tashlab, nobud qiladi.
Shuning uchun ular sonining oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik za-
rur. Urg‘ochi bo‘rilar 3–4 tadan 13 tagacha ko‘zi yumuq jish bola
tug‘adi. Bo‘ri bolalari 35–40 kun davomida onasini emadi, so‘ngra
erkak va urg‘ochilari keltirgan go‘sht parchalari va chalajon hay-
vonlar bilan oziqlana boshlaydi. Ular 15 yilgacha umr ko‘radi.
?!
184
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
Tulki cho‘l
va dashtlarda, tog‘ va tog‘oldi hududlarida, hatto
qishloqlar va shaharlar atrofida ham yashaydi. Yozda tulkilar inda
yashab, 4–5 ta ko‘zi yumuq bola tug‘adi. Kuzda tulki oilasi tarqalib
ketadi. Qishda juni qalin va issiq bo‘lganidan iniga kirmaydi.
Tulki-
lar kemiruvchilar va hasharotlar bilan oziqlanib, qishloq xo‘jaligiga
foyda keltiradi. Ular yoz va kuz fasllarida poliz mahsulotlari va
mevalarni ham yeyaveradi. Ba’zan uy parrandalariga ham hujum
qiladi. Tulki mo‘ynasi uchun ovlanadi.
Dostları ilə paylaş: