196
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
o‘simliklar urug‘ining tarqalishiga yordam beradi. Tuproqda yashov-
chi sutemizuvchilar (ko‘rsichqon, yumronqoziq) in qazib,
tuproqni
yumshatadi. Hasharotxo‘rlar (ko‘r shapalak, tiðratikan) zararkunanda
va kasallik tarqatuvchi hasha
rotlarni qiradi. Yirtqichlar kasallangan
hayvonlar va ular o‘laksasi bilan oziqlanganidan
tabiiy sanitarlar
hisoblanadi.
Sutemizuvchilar odam hayotida ham katta ahamiyatga ega. Yov-
voyi sutemizuvchilar mo‘ynasi (ondatra, tulki) va go‘shti (sayg‘oq)
uchun ovlanadi. Sutemizuvchilardan kalamushlar, sichqonlar, yum-
ronqoziqlar oziq-ovqat mahsulotlarini yeydi va kasallik tarqatadi.
Yirtqich sutemizuvchilar gijjalarni yuqtiradi.
Inson uchun qimmatli bo‘lgan, noyob yoki yo‘qolib
borayotgan
sut
emizuvchilarni saqlab qolish maqsadida maxsus qo‘riqxonalar
tashkil etiladi; ularning ro‘yxati «Qizil kitob»ga kiritiladi. “O‘zbekis-
ton Respublikasining Qizil kitobi”ga sutemizuvchilarning 24 turi
kiritilgan.
1. Primatlarning yuksak tuzilishi belgilari nimalardan iborat?
2. Tor burunli maymunlar qanday hayot kechiradi?
3. Keng burunli maymunlar qayerda tarqalgan?
4. Odamsimon maymunlarning qaysi belgilari odamga o‘xshaydi?
5. Sutemizuvchilar inson hayotida va tabiatda qanday ahamiyatga ega?
1. Primatlar bosh barmog‘ining boshqalariga qarama-qarshi joylashganligi:
a) junlarini tozalashga imkon beradi;
b) mayda narsalarni tutib turishga imkon beradi;
d) shoxdan shoxga sakrab o‘tishga yordam beradi.
2.
Maymunlarning barmoqlari, kafti va tovoni:
a) asosiy tuyg‘u organlari hisoblanadi;
b) yurganida tayanch vazifasini bajaradi;
d) asosiy tutqich organlari hisoblanadi.
3. Maymunlar, asosan, tropik o‘rmonlarda:
a) juft bo‘lib
yashaydi;
b) boshqa hayvonlar bilan birga yashaydi;
d) gala bo‘lib yashaydi.
Maymunlar va ular tarqalgan joylar nomini juftlab yozing.
a) o‘rgimchak maymun;
1) Sumatra, Kalimantan orollari;
b) gorilla;
2)
tropik Amerika;
d) orangutan.
3) tropik Afrika.
Dostları ilə paylaş: