200
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
tishtirilgan
Qorabayir, Tojikiston va Turkmanistonning
Laqay va
Axaltaka zotlarini, yengil
yuk tortadigan otlardan Orlov yo‘rg‘asi va
Rus yo‘rg‘asini ko‘rsatish mumkin.
1. Qoramol zotlari xo‘jalikda foydalanishiga binoan qanday yo‘nalishlarga
bo‘linadi?
2. O‘zbekistonda qoramollarning qaysi zotlari boqiladi?
3. Qo‘ylarning qanday zotlari mavjud?
4. O‘zbekistonda qo‘ylarning qaysi turlari boqiladi?
5. Otlardan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
6. Otlarning qanday zotlari mavjud?
1. Hozirgi qoramollar eramizdan 7 000 yil ilgari:
a) qadimgi Polshada xonakilashtirilgan;
b) qadimgi Misrda xonakilashtirilgan;
d) qadimgi Gretsiyada xonakilashtirilgan.
2. Qo‘ylar bundan 8 000 yil oldin:
a) xonakilashtirilgan
muflondan kelib chiqqan;
b) xonakilashtirilgan alqordan kelib chiqqan;
d) qadimgi Hindistonda xonakilashtirilgan.
3. Otlar miloddan 3 000 yil oldin:
a) xonakilashtirilgan Prjevalskiy otidan kelib chiqqan;
b) xonakilashtirilgan
tarpandan kelib chiqqan;
d) xonakilashtirilgan qulondan kelib chiqqan.
Qoramol zotlari yo‘nalishi va ularga mansub zotlarni juftlab yozing:
a) sut;
1) Kostroma, Simmental;
b) go‘sht;
2)
Qora-ola, Bushuyev;
d) go‘sht-sut.
3) Shortgorn, Shvits.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Qoramolchilik,
chorvachilik, qo‘ychilik, qorako‘lchilik, yilqichilik, salt minila-
digan otlar, tur, muflon, tarpan.
Topishmoqlar qaysi hayvonlarga tegishli?
61. Chorva
ichida shayton,
62. Kunduzi o‘t yemoq,
Soqoli uzun sulton.
Kechqurun sut – buloq.
63. Hayvonlarning darg‘asi,
64. Quyon emas – uzun quloq,
Nom chiqargan yo‘rg‘asi.
Ot emas – to‘rtta tuyoq.
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2a, 3b.
Juftlab yozish javoblari: a-2, b-3, d-1.
201
Topishmoqlar javoblari
1. Oddiy amyoba.
2. Yashil evglena.
3. Volvoks.
4. Infuzoriya tufelka.
5. Chuchuk suv gidrasi.
6. Meduza.
7. Planariya.
8. Jigar qurti.
9. Qoramol tasmali
chuvalchangi.
10. Odam askaridasi.
11. Yomg‘ir chuvalchangi.
12. Yomg‘ir chuvalchangi.
13. Yalang‘och shilliq.
14. Marvariddor.
15. Baqachanoq.
16. Daryo qisqichbaqasi.
17. Daryo qisqichbaqasi.
18. Butli o‘rgimchak.
19. Chayon.
20. Yashil bronza qo‘ng‘izi.
21. Hasharotlar.
Dostları ilə paylaş: