Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   171
zoologiya 7 uzb

117-rasm. Qo‘y zotlari:
1 – qorako‘l qo‘yi va uning qo‘zisi; 2 – Hisor qo‘yi
1
2
Shvits va Rossiyaning Kostroma zotlari sersut-go‘shtdor zotlar hisob-
lanadi. Simmental zoti yiliga 4 000 l gacha sut beradi. Go‘shtdor 
zotlar, asosan, sifatli go‘sht yetishtirish uchun ko‘ 
pay 
tiriladi. Ular 
vazni va tez yetilishi bilan sersut zotlardan ustun turadi. Go‘sht-
dor Shortgorn zotli sigirlarning o‘rtacha vazni 650 kg, buqalarniki 
esa 1 000 kg dan ortiq bo‘ladi. Yosh buqalarning vazni bir ke-
cha-kunduzda 1 kg ga ortadi. O‘zbekistonda Qozog‘iston oqboshi, 
Santa-Gertruda, Gereford
va Shortgorn zotlari boqiladi.
Qoramollardan sut va go‘sht bilan birga teri olinadi. Teridan 
charm poyabzallar, teri-galantereya buyumlari tayyorlanadi. Kush-
xonalardagi chiqindilardan turli preparatlar, yelim, sovun va boshqa 
mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Qo‘ychilik.
Qo‘ylar yovvoyi qo‘y – muflondan kelib chiqqan. 
Qo‘y bundan 8 ming yil ilgari xona 
kilashti 
rilgan. Qo‘y zotlari 
junining sifatiga ko‘ra mayin junli, chala mayin junli va dag‘al 
junli zotlarga ajratiladi (117-rasm). 
Mayin junli qo‘ylarning juni bir xil uzunlikdagi (8–10 sm) 
tivit 
dan iborat. Mayin jundan nafis gazlamalar to‘qiladi. Shimoliy 
Kavkaz, Volgabo‘yi va Qozog‘istonda boqiladigan merinos zotidan 
10–12 kg mayin jun olinadi.
Dag‘al junli qo‘ylarning juni dag‘al qil va tivit 
dan iborat. 
Bu qo‘ylar ham, o‘z navbatida, po‘stinbop terili, qorako‘l teri-
li, go‘sht-yog‘li va go‘sht-junli zotlarga ajratiladi. Romanov zotli 
qo‘ylar eng yaxshi po‘stinbop teri beradi. Qorako‘l terisi 1–3 
kunligida so‘yilgan qorako‘l qo‘zi 
larining terisidan iborat. Qora-
ko‘l terisi ko‘proq qora rangda bo‘ladi; ko‘k, jigarrang, sur, oq 


199
59-§. Sutemizuvchilar sinfiga mansub chorva mollari
va boshqa xillari ham bor. Havorang va tillarang xillari yuqori 
baholanadi. Go‘sht-yog‘ yo‘nali 
shidagi qo‘ylardan O‘zbekiston-
da Hisor qo‘ylari boqiladi. Bunday qo‘ylar vazni 150 kg ga, 
dumbasining og‘irligi 25 kg ga boradi.
Yilqichilik.
Baland tog‘li joylarda va qishloq xo‘jaligida yordamchi 
ishlarni bajarishda otlar asosiy ishchi kuchi hisoblanadi. Ot sporti 
dunyo miqyosida ommalashib bormoqda. Otlar go‘sht va sut olish 
uchun ham boqiladi. Ularning sutidan shifobaxsh qimiz tayyorla-
nadi. Otlar qonidan shifobaxsh preparatlar va zardob tayyorlashda 
foydalaniladi.
Otlar miloddan taxminan 3 000 yil ilgari xonakilashtirilgan. Xo-
naki otlarning ajdodi bir vaqtlar Yevropa cho‘llarida yashab, hozir 
qirilib ketgan tarpan hisoblanadi (118-rasm). Otlar og‘ir yuk tor-
tadigan, salt miniladigan, yengil yuk tortadigan (yo‘rg‘a), go‘sht va 
qimiz uchun urchitiladigan zotlarga bo‘linadi. Og‘ir yuk tortadigan 
otlardan Vladimir zoti, salt miniladigan otlardan O‘zbekistonda ye-

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin