194
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
Primatlar turkumi.
58-§.
Sutemizuvchilarning ahamiyati
Primatlar, ya’ni maymunlar – sutemizuvchilar orasida eng yuksak
tuzilgan hay
vonlar («primatlar» so‘zi ham «birinchilar» ma’nosini
anglatadi). Bu turkumga 200 dan ortiq tur kiradi. Ko‘pchiligi
qalin tropik o‘rmonlarda yashaydi. Barmoqlari uzun, ikkala oyoqla-
ridagi bosh barmog‘i boshqa barmoqlarga qarama-qarshi qo‘yilgan.
Barmoqlarning bunday joylashishi ularga shoxlarni mahkam ushlab
turishga hamda
mayda narsalarni tutib tu
rishga imkon beradi. Ular-
ning barmoqlarida boshqa hayvonlardagi singari changal emas, balki
yassi tirnoqlar bo‘ladi. Oyoqlari yurish bilan birga ozig‘ini ushlash,
junlarini tozalash va tarash vazifasini ham bajaradi. Tanasining yuzi
va qo‘l-oyoq kaftlarida jun bo‘lmaydi.
Maymunlarning ko‘zlari boshining
oldingi tomonida joylashgan-
ligidan ular birdaniga ikki ko‘zi orqali qaraydi. Shuning uchun
ular buyumning hajmini, ungacha bo‘lgan masofani va rangini
boshqa hayvonlarga nisbatan juda yaxshi aniqlaydi. Ko‘zning bu
xususiyati shoxdan shoxga sakrab hayot
kechiradigan maymunlar
uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Maymunlarning barmoqlari,
junsiz kafti va tovoni asosiy tuyg‘u a’zosi hisoblanadi.
Bosh miyasi boshqa sutemizuvchilarnikiga nisbatan ancha yirik.
Bosh miya katta yarimsharlarida burmalarning ko‘p bo‘lishi tufayli
fe’l-atvori ham murakkab va xilma-xil bo‘ladi. Ular gala bo‘lib
yashaydi. Kuchli erkagi galada boshchilik qiladi.
Tropik Amerikada yashaydigan maymunlarning burun kataklari
keng, dumi uzun bo‘lganidan ular keng burunli maymunlar deyiladi.
Ular dumlari bilan xuddi oyoqlari singari daraxt shoxlariga osilib tu-
rishi mumkin.
O‘rgimchak maymun uzun oyoq va qo‘llari yordamida
daraxtlarga ilakishib olganligidan unga shunday nom berilgan.
Afrikada va Janubiy Osiyoda
yashaydigan tor burunli may-
munlarning burun teshigi tor bo‘lib, tog‘ay to‘siq bilan ikkiga
ajralgan; dumi daraxtda osilib yurishda ahamiyatga ega emas. Bir
qancha turlarining dumi kalta yoki butunlay bo‘lmaydi.
Primatlar orasida odamsimon maymunlar eng yirik va yuksak
tu
zilgan. Ularga Afrika qit’asida yashaydigan
gorilla va
shimpanze,
195
58-§. Primatlar turkumi. Sutemizuvchilarning ahamiyati
Kalimantan va Sumatra orollarida tarqalgan
orangutan kiradi (115-
rasm). Ularning dumi bo‘lmaydi; oldingi oyoqlari hamda panjasi-
ning orqa tomoniga biroz tayangan holda orqa oyoqlarida harakat
qiladi. Bosh miyasi kuchli rivojlanganligi
tufayli turq-atvori ham
juda murakkab bo‘ladi. Ularning xotirasi kuchli bo‘lib, sodda meh-
nat qurollarini yasash va ulardan foydalanishni biladi. Shimpanze
cho‘plar yordamida asalarilar uyasiga kiradigan teshiklarni kengay-
tiradi; daraxtdan sindirib olingan novda
yordamida tor teshiklardan
ha
sharotlarni kovlab oladi, mayda cho‘plar yordamida tishlarini
tozalaydi, tovush va imo-ishoralar yordamida o‘zaro mu loqot qiladi.
Ular yuz muskullari yordamida ichki kechin
malarini, ya’ni qo‘rquv,
hayajon, achchig‘lanishi
yoki xursand
li
gini ifodalay oladi. Bu jihat-
dan ular odamlarga o‘xshaydi.
Dostları ilə paylaş: