Zoologiya uzb 2017. indd


Lug‘at daftaringizga yozib oling



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   171
zoologiya 7 uzb

Lugat daftaringizga yozib oling.
Kurakoyoqlilar, Grenlandiya tyuleni, dengiz mushugi, morj, kitsimonlar, ko‘k 
kit, kashalot, delfin.
Jumboqni yeching. Kurakoyoqlilarning quloq suprasi quruklikda yashovchi 
sutemizuvchilarga nisbatan juda kichik, kitsimonlarning quloq suprasi esa 
umuman bo‘lmasligi ular hayotining qaysi xususiyatlari bilan bog‘liq?
Tasdiqlovchi javoblar: d, a, b.
Juftlab yozish javoblari: a-3, b-5, d-1 e-2, f-4.
?!


190
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
57-§. Tuyoqli sutemizuvchilar
Juft tuyoqlilar turkumi.
Juft tuyoqlilarning barmoqlari bir yoki 
ikki juft bo‘lib, tuyoqlar bilan qoplangan. Juft tuyoqlilar kavsh 
qaytaruv 
chi va kavsh qaytar 
maydigan guruhlarga bo‘linadi.
Kavsh qaytaruvchi
juft tuyoqlilar – oyoqlari ancha uzun, oshqozoni 
to‘rt bo‘lmali, o‘simlikxo‘r hayvonlar (112-rasm). Odatda, o‘simlik 
tarkibida qiyin hazm bo‘ladigan kletchatka ko‘p bo‘ladi. Kavsh qayta-
112-rasm. Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilar:
1 – jayron; 2 – jirafa; 3 – arxar; 4 – zubr
1
2
3
4


191
57-§. Tuyoqli sutemizuvchilar
ruvchilar oshqozonida yashaydigan mayda mikroskopik bakteriyalar 
va infuzoriyalar kletchatkaning hazm bo‘lishiga yordam beradi. Ular 
dastlab oziqni yaxshi chaynamas 
dan yutadi. Oziq oshqozonda mikro-
organizmlar ta’sirida yengil hazm bo‘ladigan holatga keladi. Bunday 
oziq og‘iz bo‘shlig‘iga qaytarib chiqariladi va tishlar yordamida qayta 
yaxshi chaynalib (kavshalib), yana oshqozonga yutiladi.
Kavsh qaytaruvchilarga sigir, qo‘y, echki, zubr, sayg‘oq, jayron, 
bug‘u va boshqa ko‘pchilik juft tuyoqlilar kiradi. Odatda ularning 
boshida bir juft muguz shoxlari bo‘ladi. Bu shoxlar hayvonning bu-
tun hayoti davomida o‘sib boradi. Bug‘u va los kabi hayvonlarning 
shoxlari har yilda almashinib, o‘rniga yangisi o‘sib chiqadi.
Jayron (ohu yoki g‘izol) O‘zbekiston cho‘llarida yakka holda, 
juft-juft yoki 30 tagacha hayvondan iborat poda bo‘lib yashagan. 
U cho‘l sharoitiga yaxshi moslashgan: rangi qo‘ng‘ir tusda bo‘lgani-
dan atrof-muhitda ko‘zga tashlanmaydi.
Jayron go‘shti juda mazali bo‘lgani uchun ovlangan. O‘zbekiston-
da jayron faqat qo‘riqxonalarda saqlanib qolgan. Kavsh qaytaruvchi 
juft tuyoqlilardan Buxoro bug‘usi (xongul) Qizilqum qo‘riqxonasi-
da va Termiz yaqinidagi Payg‘ambar oroli 
da boqilmoqda; Ustyurt 
dashtida sayg‘oq uchraydi.
Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarning qoziq tishlari kuchli 
rivojlangan, oshqozoni bo‘lmalarga bo‘linmagan; bo‘yin, oyoq 
lari 
va dumi kalta. Ularga to‘ng‘iz (yovvoyi cho‘chqa) va suv ayg‘iri 
(begemot) kiradi (113-rasm). 
To‘ng‘iz ancha yirik hayvon; tanasining uzunligi 180 sm ga-
cha, vazni 200–240 kg keladi. To‘ng‘iz Yevropa va Osiyo qit’asida 
tarqalgan; O‘zbekistonda tog‘li joylarda va to‘qaylarda uchraydi. 

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin