187
56-§. Dengiz sutemizuvchilari: kurakoyoqlilar va kitsimonlar turkumlari
Dengiz sutemizuvchilari:
56-§.
kurakoyoqlilar va kitsimonlar turkumlari
Kurakoyoqlilar turkumi.
Kurakoyoqlilar – bo‘yni kalta, ol
dingi
oyoqlari suzgich kurakka aylangan yirik hayvonlar. Ular ko‘p
vaqtini suvda o‘tkazadi; faqat dam olish va ko‘payish
uchun
quruqlikka chiqadi. Kurakoyoqlilarga tyulenlar,
dengiz mushugi,
morj kiradi (110-rasm).
Grenlandiya tyuleni Arktika dengizlarida
yashaydi. Quruqlikda kurak
oyoqlari
yordamida sudralib harakat
qiladi. Keyingi oyoqlari orqaga cho‘zilgan bo‘lib, faqat suzish
uchun xizmat qiladi. Tanasi dag‘al,
kalta va siyrak jun bilan
qoplangan. Ko‘pchilik tyulenlarning quloq suprasi bo‘lmaydi;
baliqlar, mollyuskalar va qisqichbaqa
simon
lar bilan oziqlanadi.
Qishda tyulenlar qirg‘oqqa
yaqin kelib, tekis muzlikka chiqib
oladi. Urg‘ochilari
bittadan yirik, ko‘zi ochiq bola tug‘adi. Tyu-
len bolasining terisi qalin oq momiq jun bilan qoplangan. Mo-
miq jun uni sovuqdan asraydi va uni muz ustida sezdirmaydi.
Momiq junlari to‘kilib, dag‘al jun bilan almashgandan so‘ng
bolasi suv
ga tushib, suza boshlaydi.
Dengiz mushugi Uzoq Sharq dengizlarida yashaydi. Yoz boshlari-
da ular podasi bolalash uchun qirg‘oqqa chiqib oladi. Urg‘ochilari
qora jun bilan qoplangan bitta bola tug‘adi. Bolalari o‘sib suza
boshlagach, ular yana dengizga tushib ketishadi.
110-rasm. Kurakoyoqlilar:
1 –
Grenlandiya tyuleni; 2 – shimol dengiz mushugi; 3 – morj
1
2
3
188
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
Tyulen va morj terisi va yog‘i, dengiz mushugi mo‘ynasi uchun
ovlanadi. Morjning yuqori jag‘larida uzun qoziq tishi bo‘
ladi. Bu
tishlar fil suyagi singari qadrlanadi.
Dengiz mushukla
ri
ning soni
juda kamayib ketganligi tufayli hozir ularni ovlash man qilingan.
Dostları ilə paylaş: