185
55-§. Yirtqich sutemizuvchilar turkumi
Suvsarsimonlar oilasiga
mansub yirtqichlarning oyoqlari kalta,
tanasi ingichka bo‘lib, yoriqlarga kirishga moslashgan. O‘zbe-
kistonda suvsarlardan bo‘rsiq, suvsar, qunduz, olaqo‘zan, latcha
va norka uchraydi.
Bo‘rsiq (qashqaldoq) tog‘ o‘rmonlari, to‘qay
va dashtlarda yashaydi. Inlarini jarliklar va tepaliklar yonbag‘riga
quradi; kechasi ovga chiqadi.
Turli hasharotlar, kemiruvchilar,
shuningdek, to‘kilgan mevalar va o‘simliklarning yer osti tuga-
naklari bilan oziqlanadi.
Ayiqsimonlar oilasi.
Ayiqlar – baquvvat va yirik hayvonlar (109-
rasm). O‘zbekiston tog‘larida
qo‘ng‘ir ayiq uchraydi. U o‘sim
liklar
ildiz
i va
nihollari bilan oziqlanadi, ba’zan hasha
rotlar va sug‘urlarni
tutib yeydi, yozda esa mevalar bilan oziqlanadi. Ayiq oziq taqchil
bo‘lgan qish faslida uyquga ketadi.
Arktika muzliklarida oq ayiq ya-
shaydi. Uning og‘ir
ligi 800 kg keladi. Oq ayiq suvda yaxshi suzadi
va sho‘ng‘iydi; aso
san tyulenlar va baliqlar bilan oziqlanadi.
Dostları ilə paylaş: