197
59-§. Sutemizuvchilar sinfiga mansub chorva mollari
Jumboqni yeching. Odamsimon maymunlar hayot kechirishining qaysi xusu-
siyatlari odamlarga o‘xshab ketadi?
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, 2a, 3d.
Juftlab yozish javoblari: a-2, b-3, d-1.
Sutemizuvchilar sinfiga
59-§.
mansub chorva mollari
Chorvachilik aholini oziq-ovqat mahsulotlari (sut, go‘sht, yog‘
va boshqalar),
yengil sanoatni xoma
shyo (jun, teri, mo‘yna), qish-
loq xo‘jaligini ish hayvonlari (ot, ho‘kiz, eshak, tuya) va organik
o‘g‘itlar bilan ta’minlaydi.
Qoramolchilik.
Hozirgi qoramollar qadimda Osiyo va Yevropa
qit’alarida
keng tarqalgan, bundan 3–4 asr avval qirilib ketgan
tur-
dan kelib chiqqan. Oxirgi tur 1627-yilda Polshada nobud bo‘lgan.
Tur eramizdan 7 000 yil ilgari qadimgi Gretsiyada xonakilashtiril-
gan. Qoramol zotlari xo‘jalikda
foydalanish xusu
siyatlariga binoan:
sut, sut-go‘sht va go‘sht yo‘nalishidagi zotlarga ajratiladi (116-rasm).
Sersut zotlar qoramollarning asosiy qismini tashkil etadi.
O‘zbekistonda sersut sigirlardan
Qora-ola Xolmogor va Yaroslavl
zotlari
, Qizil dasht, Bushuyev va boshqa zotlar boqiladi. Sersut
sigirlar yili
ga 4 000
l, ayrim govmishlar 6 000
l va
undan ham
ko‘proq sut beradi. Sersut-go‘shtdor zotlar ko‘p sut berishi bilan
birga go‘shti ham ko‘p va sifatli bo‘ladi. Shveysariyaning
Simmental,
?!
116-rasm. Sersut qoramol zotlari:
1 –
Xolmogor zoti; 2 – Yaroslavl zoti
1
2