181
54-§. Qo‘lqanotlilar va kemiruvchilar turkumlari
Ko‘rshapalaklarning ko‘zlari ojiz bo‘lib, yaxshi ko‘rolmaydi. Le-
kin ular tunda ham biron narsaga urilmasdan ucha oladi; hasha-
rotlarni og‘zi bilan tutib oladi. Ko‘rshapalaklarning fazoda mo‘ljal
olish xususiyati ularning ultratovush tarqa
tishi va uni qabul qilishi
bilan bog‘liq. Uchayotgan hayvon burni va og‘zidan uzuq-yuluq
ultratovush chiqaradi. Tovush uning yo‘lida uchraydigan obyektdan
aks-sado singari qaytadi. Uning qulog‘i ana shu qaytgan tovush
to‘lqinlarini qabul qilganligi tufayli o‘z o‘ljasini topadi yoki to‘siqni
sezadi. Ko‘rshapalaklar qon so‘ruvchi va zararkunanda hasharotlarni
qirib, foyda keltiradi. Ko‘r
shapa
laklarni aholi yashay
digan joylarga
jalb qilish uchun pana joylarni buzmaslik va yangi pana joylar
yaratish zarur.
Dostları ilə paylaş: