176
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
digan bo‘ladi. Sichqonlar yiliga 5–8 marta, shoxli mollar bir marta
bolalaydi.
Bolalarni sut bilan boqish.
Sutemizuvchilar bolasini sut bilan bo-
qadi. Sut urg‘ochi hayvonning ko‘krak yoki qorin qismida joylash-
gan sut bezlarida hosil bo‘ladi. Bezlar yo‘li so‘rg‘ichlar uchi ga ochi-
ladi. So‘rg‘ichlar soni hayvonlarning serpushtligiga bog‘liq. Masalan,
3–8 tadan bola tug‘adigan itlarning 8 ta, 1–4 tadan bola tug‘adigan
echkilarning 2 ta so‘rg‘ichi bo‘ladi. Sut
tarkibida hayvonlar bolasi
rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha moddalar: suv, yog‘lar, ug-
levodlar, oqsillar, vitaminlar va mineral tuzlar bo‘ladi.
Sutemizuvchilarning kelib chiqishi.
Sutemizuvchilarning bir qancha
xususiyatlari, xususan, skeleti, muskullari, ovqat hazm qilish, nafas
olish, ayirish, qon aylanish sistemasining tuzilishi
sudralib yuruv-
chilarnikiga birmun
cha o‘xshash bo‘ladi. Sutemi
zuvchilar
terisida
ham sudralib yuruvchilarnikiga o‘xshash tanga
chalar bo‘ladi. Ularning
yungi ham tangachalardan kelib chiqqan. Bundan tashqari,
tuban
sutemizuvchilarning sudralib yuruvchilarga o‘xshash kloakasi bo‘ladi;
ular tirik bola tug‘masdan tuxum qo‘yib ko‘payadi. Bu dalillar sut-
emizuvchilarning sudralib yuruvchilar bilan qarindoshligini ko‘rsatadi.
Sutemizuvchilarning ajdodi bundan 200–300 ming yil ilgari
yashagan qadimgi yirtqich tishli kaltakesaklar bo‘lgan (102-rasm).
Olimlar skelet qoldiqlarini tekshirib, ularning oyog‘i sudralib yuruv-
chilarniki singari tanasining ikki yonida emas, balki tanasi ostida
joylashganligini, tishlari ham ixtisoslashganli
gini aniqlashgan.
Yirtqich
tishli kaltakesaklarning sudralib yuruv
chilarga o‘xshashlik belgilari
ham bo‘lgan. Ular kalta oyoqlarida yo‘g‘on va uzun dumini sudrab
harakatlangan.
Iqlimning sovib borishi bilan sovuqqonli
yirik sudralib yuruvchilar
qirilib ketib, ularning o‘rnini issiqqonli sutemizuvchilar egallagan.
Dostları ilə paylaş: