170
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
Dum umurtqalari soni (uchtadan bir necha o‘nta
gacha) dumning
uzunligiga bog‘liq.
Sutemizuvchilar oldingi oyoq kamari
skeleti ikkita kurak va
unga qo‘shilib o‘sgan ko‘krak tirgak suyagi hamda ikkita o‘mrov
suyagidan iborat. Itning o‘mrov suyagi rivojlanmagan. Orqa oyoq
kamari, ya’ni chanoq 3 juft suyakdan iborat.
Tishlari.
Sutemizuvchilarning tishlari har xil tuzilgan. Itning
jag‘lari oldingi qismida
ponasimon kurak tishlar, ulardan orqaroqda
konussimon yirik qoziq tishlar, og‘iz bo‘shlig‘ining
ikki yon tomoni-
da yassi oziq tishlar joylashgan. Har qaysi jag‘ lar
dagi oziq tishlardan
biri yirtqich tishga aylangan. Itlar va boshqa yirt
qich
hayvonlarning
kurak tishlari mayda, qoziq va yirtqich tish
lari
kuchli rivojlangan
(97-rasm). Tishlarning har xil tuzilishi ular
ning vazifasi bilan bog‘liq.
Tishlar jag‘larning chuqurchasida joy lashgan.
97-rasm. Itning bosh skeleti va jag‘ muskullari:
1 – yuz bo‘limi; 2 – bosh bo‘limi; 3 – yuqori jag‘; 4 – pastki jag‘; 5 – kurak tishlar;
6 –
qoziq tish; 7 – yirtqich tish; 8 – oziq tishlar; 9 – ko‘z kosasi;
10 –
chaynash muskullari
1
2
3
4
Dostları ilə paylaş: