Zoologiya uzb 2017. indd


-§. Suv havzalari va sohil qushlari



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   171
zoologiya 7 uzb

47-§.
Suv havzalari va sohil qushlari
Suv qushlari. 
Suv qushlari hayotining ko‘p qismini suvda su-
zib o‘tkazadi. Ularning barmoqlari orasiga parda tortilgan; oyoq-
lari biroz orqaroqda joylashgan bo‘ladi. Qushlarning pat va parlari 
zich joylashib, suv o‘tkazmaydigan tig‘iz qoplag‘ichni hosil qiladi. 
Qushlar dumg‘aza bezlari ajratib chiqaradigan yog‘simon suyuqlikni 
?!


160
8.4. Qushlar sinfi
tumshug‘i bilan siqib olib, patlariga surtib turadi. Bu suyuqlik pat-
larga suv yuqtirmaydi, ularni qayishqoq va egiluvchan qiladi. Suv 
havzalarida yashovchi qushlarning ko‘pchiligi suvda chaqqon suzadi 
va sho‘ng‘iydi, ozig‘ini ham suvdan topadi. Suv qushlari quruqlikda 
sekin va beso‘naqay harakatlanadi.
G‘ o z s i m o n l a r t u r k u m i. Bu turkumga o‘rdak-
lar, g‘ozlar va oqqushlar kiradi (93-rasm). Ular tumshug‘ining 
qirrasi bo‘ylab har xil shakldagi muguz plastinkalar joylashgan; tum-
shug‘ining uchi esa kengaygan. G‘ozsimonlarning tuxumdan chiqqan 
jo‘jalari urg‘ochisi orqasidan ergashib yuradi.
4
3
2
1
93-rasm. G‘ozsimonlar
turkumi:
1 – kulrang g‘oz; 2 – churrak; 
3 – suqsun; 4 – yovvoyi o‘rdak
O‘rdaklar suv tubidagi balchiqni tumshug‘idagi muguz plastinka-
lari orqali sizdirib o‘tkazib, undan mayda jonivorlar va o‘simliklarni 
ajratib oladi. O‘rta Osiyo suv havzalarida yovvoyi o‘rdak, churrak, 
suqsun uchraydi. Yovvoyi o‘rdak erkagining boshi to‘q yashil, bo‘yni 
oq; urg‘ochisining tumshug‘i qizg‘ish, dumi oqish bo‘ladi. Ular 
kuzda qishlov joylariga uchib o‘ta boshlaydi. O‘rdaklar Osiyoning 
janubi, Shimoliy Afrika, Markaziy Amerika, shuningdek, o‘lkamiz 
janubidagi suv havzalarida qishlaydi. Erta bahorda daryolar bo‘yida-
gi qamishzorlar va qalin o‘tlar orasiga uya quradi. Yovvoyi o‘rdak, 
churrak, suqsun va boshqa o‘rdaksimon qushlar ovlanadi. Yovvoyi 
o‘rdak xonaki o‘rdakning naslboshisi hisoblanadi.
G‘ozlar
o‘rdaklarga nisbatan yirikroq; erkagi va urg‘ochisi bir xil 
rangda bo‘ladi. Ular o‘simliklar bilan oziqlanadi. Baquvvat tumshug‘i 
chetidagi o‘tkir muguz plastinkalari yordamida o‘simliklarni qirqib 
olib yeydi. O‘zbekistonda xonaki g‘ozlarning ajdodi bo‘lgan kulrang 


161
47-§. Suv havzalari va sohil qushlari
g‘oz in qurib, bola ochadi. Bu qush Amudaryo etaklarida va Zaraf-
shon daryosining quyi oqimlarida uchraydi. Yevropa, Shimoliy Afri-
ka, Janubi-Sharqiy Osiyo va O‘rta Osiyo suv havzalarida qishlaydi. 
G‘ozlar go‘shti uchun ovlanadi.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin