Zoologiya uzb 2017. indd


Qushlarning xilma-xilligi



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   171
zoologiya 7 uzb

Qushlarning xilma-xilligi: 
46-§. voha va cho‘l qushlari
Voha qushlari. 
Shahar va qishloqlarimizdagi bog‘ va xiyobonlar, 
dalalar va o‘tloqlarda xilma-xil qushlar orasida chum 
chuqsimonlar 
ko‘pchilikni tashkil etadi.
Ch u m ch u q s i m o n l a r t u r k u m i. Bu tur-
kumga qaldirg‘och, go‘ngqarg‘a, chug‘urchiq, bulbul, chumchuq va 
boshqa qushlar kiradi. Ularning erkagi yirik va rangli bo‘lishi, ovozi 
va boshidagi tojga o‘xshash patlari bilan urg‘ochilaridan ajralib tura-
di. Chumchuqsimonlar barcha qushlar turining deyarli yarmini o‘z 
ichiga oladi (91-rasm).
91-rasm. Chumchuqsimonlar turkumi:
1 – chug‘urchiq; 2 – hakka; 3 – qaldirg‘och;
4 – zog‘cha; 5 – qarg‘a; 6 – chittak;
7 – chumchuq; 8 – go‘ngqarg‘a
1
2
4
5
7
8
3
6
Qaldirg‘och tanasining orqasi ko‘kimtir-qora, qorin tomoni oq, 
peshana va bo‘yni qizg‘ish-qo‘ng‘ir; qanotlari ingichka va uzun
uzun dumi ikkiga ajralgan bo‘ladi. Uning oyoqlari kalta va kuchsiz 
rivojlangan; yassi va qisqa tumshug‘i juda keng ochiladi. Qaldirg‘och 
tumshug‘i yordamida havoda uchayotgan hasharotlarni tutadi.
Qaldirg‘och ayvon peshtoqi yoki shift ostidagi to‘sinlarga, ba’zan 
devorga ham so‘lagi bilan aralashtirilgan loydan uya quradi. Uyaga 


157
46-§. Qushlarning xilma-xilligi: voha va cho‘l qushlari
4–6 ta tuxum qo‘yib, urg‘ochisi bosadi. Bolalarini hasharotlar bilan 
oziqlantiradi. Qaldirg‘ochlar deyarli butun kunni havoda o‘tkazadi. 
O‘ljasini ham havoda tutadi. Uchib ketayotgan qaldirg‘och suv yu-
zasiga tegib o‘tib, cho‘miladi va suv ichadi.
Chumchuqsimonlardan eng yirik turlari go‘ngqarg‘a, zog‘cha va 
olaqarg‘a hisoblanadi. Go‘ngqarg‘a qishlash uchun shimoliy hudud-
lardan o‘lkamizga uchib keladi; mart oylarida esa uchib ketadi. Qish 
kezlari go‘ngqarg‘alar zog‘chalar bilan birga katta gala hosil qiladi. 
Bunday gala baland daraxtlarning shoxida tunaydi.
Chumchuqsimonlarning ko‘pchilik turlari – hamma narsalarni 
yeydigan parrandalar. Masalan, chug‘urchiqlar ko‘pin cha dalalar-
dagi hasharotlarni terib yeydi, ammo pishiqchilik davrida rezavor 
mevalarni cho‘qiydi. Ko‘pchilik donxo‘r qushlar bolalarini ha-
sharotlar bilan oziqlantiradi. Chumchuqsimon qushlardan ayniqsa 
hasharotxo‘rlar qishloq xo‘jaligiga katta foyda keltiradi. Ular juda 
ko‘p miqdorda zararkunanda hasharotlarni qiradi. Qaldirg‘ochning 
bitta oilasi yoz mavsumida 1 mln ga yaqin hasharotlarni qiradi. 
Ayrim chumchuqsimonlar (masalan, chumchuqlar, chug‘urchiqlar) 
pishiqchilik davrida meva va donlarni yeb, birmuncha ziyon kelti-
radi.
K a p t a r s i m o n l a r t u r k u m i. Shahar va qish-
loqlarimiz ko‘chalari va xiyobonlarida ko‘k kaptar va musicha ko‘p 
uchraydi. Ko‘k kaptar to‘kilgan donlar, yovvoyi o‘tlarning urug‘ini 
terib yeydi; jarliklar, qoyalar, tashlandiq imorat va baland binolar-
ning chordoqlariga uya quradi. Ko‘k kaptar xonaki kaptar zotlari-
ning nasl boshi hisob 
lanadi.
Musichalar
ko‘pincha oziq axtarib odamlar yashaydigan uylar-
ga ham kirib qoladi. Ular har xil don, sabzavot va mevalar 
ning 
urug‘lari bilan oziq 
lanadi; juft bo‘lib yashaydi; yil davo 
mida 5 marta 
bola ochadi.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin