Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   171
zoologiya 7 uzb

Uchib ketuvchi qushlar.
Bunday qushlar kuzda birmuncha sovuq 
yoki mo‘tadil iqlimli joylardan issiq mamlakatlarga uchib ketadi va 
o‘sha joylarda qishlaydi (90-rasm). Uchishdan oldin ular gala hosil 
qiladi.
Qushlar har xil paytda uchib ketadi. Qaldirg‘och, bulbul, zarg‘al-
doq va laylaklar ancha barvaqt, ya’ni yoz oxirlarida yoki erta kuz-
da, hali uya qurgan joyda havo iliq va oziq mo‘l bo‘li 
shiga qara-
masdan uchib ketadi. O‘rdak, g‘oz va oqqush kech kuzda, yashash 
joyidagi suv havzalari muzlab, oziq topolmay qolganidan so‘ng uchib 
keta boshlaydi. Qushlar qishlov joyiga doimo bir xil yo‘ldan uchib 
boradi.
Qushlarning uchib ketish sabablari.
Qushlarning uchib ketishi 
yashash joyidagi iqlimning mavsumiy o‘zgarishiga moslashishdan 
iborat. Shimoliy va o‘rta mintaqalarda yashaydigan qushlar yil 
ning 
eng qulay issiq davrida uya qurib, jo‘ja ochadi va uni boqib, voyaga 
yetkazadi. Ular yilning noqulay, oziq kam bo‘ladigan qish mavsumi 
boshlanishidan oldinroq qishlov joylariga uchib ketadi. Qushlar-
ning bahorda o‘z vatanlariga uchib kelishi ko‘pa 
yish instinkti bilan 
bog‘liq. Kuzda kunlarning qisqarishi qushlar 
ning qishlov joyiga uchib 
ketishi uchun signal bo‘ladi.
Qushlarning uchib ketish yo‘lini aniqlash.
Qishlov joyiga uchib 
ketayotgan qushlarning yo‘l topishida quyoshga qarab mo‘ljal olish 
qisman ahamiyatga ega. Chunki ko‘pchilik qushlar kunduzi oziqla-
nib, kechasi uchadi. Tajribalarda ularning yulduz larga qarab yo‘l to-
90-rasm. Oq 
laylakning uchib 
ketish yo‘li
(qi-
zil rangdagi chiziq); 
qishlov joylar (sariq 
rangda); in qurib 
bola ochadigan joylari 
(yashil rangda)


155
45-§. Qushlarning mavsumiy hodisalarga moslanishi
pishi aniqlangan. Ayrim qushlar yer magnit maydo 
nining o‘zgarishini 
qabul qilishi ham mumkin.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin