Zoologiya uzb 2017. indd


Nasliga g‘amxo‘rlik qilish



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   171
zoologiya 7 uzb

Nasliga g‘amxo‘rlik qilish.
Qushlarning nasliga g‘amxo‘rlik 
qilishi tuxum bosish, jo‘jalarni boqish, isitish va ularni himoya 
qilishdan iborat. Ona qushlar biron xavf tug‘ilganida dushmani-
ga tashlanib, jo‘jalarini himoya qiladi. Birgalikda uya quradigan 
qushlar, masalan, chug‘ur chuqlar dushmanini sezganida ovozi ning 
boricha shov 
qin solib, boshqa qushlarni yor 
damga chaqiradi. Jo‘ja 
ochadigan qushlarning urg‘ochisi xavf tu 
g‘il 
ganida tovush bilan 
jo‘jalarini ogohlantiradi; jo‘jalari darhol bekinib oladi. Ona qush 
esa dushmanga tashlanadi. Yo‘rg‘a tuvaloqning urg‘ochisi yirtqich 
hayvonning e’tiborini o‘ziga tor 
tish va jo‘jalaridan uni nari 
roqqa 
olib ketish uchun nayrang ishlatadi. U yaralangan holatga kelib 
qanotlarini sudraganicha yirtqichning oldiga tushib yugura bosh-
laydi. Qushlar oziq bo‘ladigan narsa topganida ham ovoz chiqa-
rib, jo‘jalarini chaqirib oladi.
Qushlarning kelib chiqishi
. Qushlar qadimgi sudralib yuruv chi -
lardan kelib chiqqan. Eng qadimgi qush – arxeopteriksning tosh 
ga 
aylangan suyak va patlari topilgan (89-rasmlar). Jag‘lari, tish 
lari va 
20 ta umurtqadan iborat uzun dumining bo‘lishi bilan arxeopteriks 
sudralib yuruvchilarga; tanasining pat bilan qop 
langanligi, oldingi 
oyoqlarining qanotga aylanganligi bilan esa qushlarga o‘xshaydi. 
Arxeopteriks oyoqlaridagi barmoqlaridan biri orqada, qolgan uchtasi 
oldinga qaragan bo‘lishi uning da 
raxt 
da yashaganligini ko‘rsatadi. 
Lekin qushlar uchun xos bo‘l 
gan to‘sh toj suyagi rivojlanmaganligi 
sababli arxeopteriks ho 
zir 
gi qushlarning ajdodi bo‘lolmaydi. Ularning 
ajdodi protoavis hi 
sob 
lanadi. Protoavis arxeopteriksdan bir necha 
million yil oldin ya 
shagan. Uning hozirgi qushlarga o‘xshash toj 
suyagi rivojlangan.


152
8.4. Qushlar sinfi
1. Qaysi qushlar doimiy juft hosil qiladi?
2. Qaysi qushlarning jufti doimiy bo‘lmaydi?
3. Qushlarning uyasi qanday shakllarda bo‘ladi?
4. Qushlar tuxumi qanday tuzilgan?
5. Jo‘ja ochadigan qushlar uchun xos bo‘lgan belgilar nimadan iborat?
6. Jish bola ochadigan qushlar uchun xos xususiyatlar nimadan iborat?
7. Qushlar nasliga qanday g‘amxo‘rlik qiladi?
1. Kakku o‘z tuxumini:
a) kosasimon uyasiga qo‘yadi;
b) daraxt kovagidagi uyasiga qo‘yadi;
d) boshqa qushlar uyasiga tashlab ketadi.
2. Ko‘payish usuliga binoan qushlar guruhlari:
a) jish bola ochuvchi va jo‘ja ochuvchi qushlar;
b) tuxum bosuvchi, jish bola ochuvchi qushlar;
d) tuxum bosuvchi va jo‘ja ochuvchi qushlar.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin