171
51-§. Itning ichki tuzilishi
1. Sutemizuvchilarning oyog‘i:
a)
tanasi ostida tik joylashgan;
b) tanasining ikki yonida joylashgan;
d) ko‘kragidan keyinroqda joylashgan.
2. Sutemizuvchilarning barmoqlari uchida:
a) suyak tuyoq yoki tirnoqlar bo‘ladi;
b) yumshoq yostiqchalar bor;
d) muguz tirnoqlar yoki tuyoqlar bo‘ladi.
Tishlar va ularga xos tuzilish xususiyatlarini juftlab yozing.
a) kurak;
1)
konussimon;
b) qoziq;
2) yassi;
d) oziq.
3) ponasimon.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Tashqi quloq, quloq chig‘anog‘i, tirgak suyak, kurak tishlar, qoziq tishlar,
oziq tishlar.
Jumboqni yeching. 1. Nima sababdan issiq
havoda it tilini osiltirib, so‘lagi oqib
turadi? 2. Yotib dam olayotgan it tanasi va oyoqlarini bukib oladi. Bu holat
ular tuzilishining qaysi xususiyatlari bilan bog‘liq?
Tasdiqlovchi javoblar: 1a, 2d.
Juftlab yozish javoblari: a-3, b-1, d-2.
51-§. Itning ichki tuzilishi
Hazm qilish sistemasi.
Hazm qilish organlari og‘iz bo‘shlig‘i,
halqum, qizilo‘ngach,
oshqozon hamda ingichka, yo‘g‘on va
to‘g‘ri ichakdan iborat. Itning og‘iz bo‘shlig‘ida tishlari va tili
joylashgan. Tili yordamida ular oziqning ta’mini aniqlaydi.
Og‘iz bo‘shlig‘ida so‘lak bezlaridan ajralib chiqadigan so‘lak
oziqni ho‘llaydi. It tili yordamida oziqni so‘lak bilan ara-
lashtiradi. Og‘izda maydalangan
oziq oshqozon shirasi bilan
aralashib, qisman hazm bo‘ladi va ichakka o‘tadi. Ichakda
oziq ichak va oshqozonosti bez
laridan
ajralib chiqadigan hazm
shirasi hamda jigardan ajraladigan o‘t suyuqligi ta’sirida hazm
bo‘ladi. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi yo‘g‘on ichakka tu-
shadi; u yerdan to‘g‘ri ichak va anal teshigi orqali tashqariga
chiqib ketadi (98-rasm).
?!