Zoologiya uzb 2017. indd


Lug ‘at daftaringizga yozib oling



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   171
zoologiya 7 uzb

Lug
at daftaringizga yozib oling.
Juft tuyoqlilar, kavsh qaytaruvchilar, jayron, xongul, kavsh qaytarmaydiganlar, 
to‘ng‘iz, toq tuyoqlilar, Prjevalskiy oti, tarpan, karkidon.
Jumboqni yeching. Toq tuyoqlilar tuyog‘ining rivojlanganligi va oyoqlarining 
uzun bo‘lishi ular hayotining qaysi xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mum-
kin?
Tasdiqlovchi javoblar: 1a, 2d, 3b.
Juftlab yozish javoblari: a-4, b-1, d-3, e-2.
?!


194
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
 
Primatlar turkumi. 
58-§. 
Sutemizuvchilarning ahamiyati
Primatlar, ya’ni maymunlar – sutemizuvchilar orasida eng yuksak 
tuzilgan hay 
vonlar («primatlar» so‘zi ham «birinchilar» ma’nosini 
anglatadi). Bu turkumga 200 dan ortiq tur kiradi. Ko‘pchiligi 
qalin tropik o‘rmonlarda yashaydi. Barmoqlari uzun, ikkala oyoqla-
ridagi bosh barmog‘i boshqa barmoqlarga qarama-qarshi qo‘yilgan. 
Barmoqlarning bunday joylashishi ularga shoxlarni mahkam ushlab 
turishga hamda mayda narsalarni tutib tu 
rishga imkon beradi. Ular-
ning barmoqlarida boshqa hayvonlardagi singari changal emas, balki 
yassi tirnoqlar bo‘ladi. Oyoqlari yurish bilan birga ozig‘ini ushlash, 
junlarini tozalash va tarash vazifasini ham bajaradi. Tanasining yuzi 
va qo‘l-oyoq kaftlarida jun bo‘lmaydi.
Maymunlarning ko‘zlari boshining oldingi tomonida joylashgan-
ligidan ular birdaniga ikki ko‘zi orqali qaraydi. Shuning uchun 
ular buyumning hajmini, ungacha bo‘lgan masofani va rangini 
boshqa hayvonlarga nisbatan juda yaxshi aniqlaydi. Ko‘zning bu 
xususiyati shoxdan shoxga sakrab hayot kechiradigan maymunlar 
uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Maymunlarning barmoqlari, 
junsiz kafti va tovoni asosiy tuyg‘u a’zosi hisoblanadi.
Bosh miyasi boshqa sutemizuvchilarnikiga nisbatan ancha yirik. 
Bosh miya katta yarimsharlarida burmalarning ko‘p bo‘lishi tufayli 
fe’l-atvori ham murakkab va xilma-xil bo‘ladi. Ular gala bo‘lib 
yashaydi. Kuchli erkagi galada boshchilik qiladi.
Tropik Amerikada yashaydigan maymunlarning burun kataklari 
keng, dumi uzun bo‘lganidan ular keng burunli maymunlar deyiladi. 
Ular dumlari bilan xuddi oyoqlari singari daraxt shoxlariga osilib tu-
rishi mumkin. O‘rgimchak maymun uzun oyoq va qo‘llari yordamida 
daraxtlarga ilakishib olganligidan unga shunday nom berilgan.
Afrikada va Janubiy Osiyoda yashaydigan tor burunli may-
munlarning burun teshigi tor bo‘lib, tog‘ay to‘siq bilan ikkiga 
ajralgan; dumi daraxtda osilib yurishda ahamiyatga ega emas. Bir 
qancha turlarining dumi kalta yoki butunlay bo‘lmaydi.
Primatlar orasida odamsimon maymunlar eng yirik va yuksak 
tu 
zilgan. Ularga Afrika qit’asida yashaydigan gorilla va shimpanze


195
58-§. Primatlar turkumi. Sutemizuvchilarning ahamiyati
Kalimantan va Sumatra orollarida tarqalgan orangutan kiradi (115-
rasm). Ularning dumi bo‘lmaydi; oldingi oyoqlari hamda panjasi-
ning orqa tomoniga biroz tayangan holda orqa oyoqlarida harakat 
qiladi. Bosh miyasi kuchli rivojlanganligi tufayli turq-atvori ham 
juda murakkab bo‘ladi. Ularning xotirasi kuchli bo‘lib, sodda meh-
nat qurollarini yasash va ulardan foydalanishni biladi. Shimpanze 
cho‘plar yordamida asalarilar uyasiga kiradigan teshiklarni kengay-
tiradi; daraxtdan sindirib olingan novda yordamida tor teshiklardan 
ha 
sharotlarni kovlab oladi, mayda cho‘plar yordamida tishlarini 
tozalaydi, tovush va imo-ishoralar yordamida o‘zaro mu loqot qiladi. 
Ular yuz muskullari yordamida ichki kechin 
malarini, ya’ni qo‘rquv, 
hayajon, achchig‘lanishi yoki xursand 
li 
gini ifodalay oladi. Bu jihat-
dan ular odamlarga o‘xshaydi.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin