192
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
O‘simlik ildizi va tugunaklarini kovlab olib yeydi; to‘kilgan mevalar,
hatto hasharotlar va boshqa mayda jonivorlar bilan ham oziqlanadi.
To‘ng‘iz to‘da bo‘lib yashaydi. Uning bolasi yo‘l-yo‘l tusda. To‘ng‘iz
xonaki cho‘chqalar naslboshisi hisoblanadi.
Begemot tropik Afrikada tarqalgan.
Toq tuyoqlilar turkumi.
Bu hayvonlarning oyog‘ida bitta yoki uchta
barmog‘i bo‘ladi, biroq faqat uchinchi barmog‘i kuchli rivojlangan.
Hayvon tanasining og‘irligi, asosan, shu barmoqqa tushadi.
Oshqozoni
sodda tuzilgan, ammo ko‘richak o‘simtasi juda uzun bo‘ladi.
Toq tuyoqlilar yalanglikda yashaydigan hayvonlar bo‘lib, ular
ga
ot, eshak, karkidon, tapir, zebra va qulon kiradi (114-rasm).
Yovvoyi
Prjevalskiy oti XX asr o‘rtalarigacha Mar
kaziy
Osiyo
(Mo‘g‘uliston va Xitoy) cho‘llarida yashagan; hozir qo‘riq xona
lar va
114-rasm. Toq tuyoqlilar:
1 – hind karkidoni; 2 –
Prjevalskiy oti; 3 – qulon; 4 – zebralar
1
2
3
4
193
57-§. Tuyoqli sutemizuvchilar
hayvonot bog‘larida saqlanib qolgan. Tanasining uzunligi 230 sm,
balandligi 130 sm, vazni 300 kg keladi.
Xonaki otlar qirilib ketgan
yovvoyi ot – tarpandan
, xonaki eshak esa Afrika yovvoyi eshagidan
kelib chiqqan.
Tapirlarning bir necha turlari Janubiy
Amerika va Janubi-Sharqiy
Osiyodagi o‘rmonlarda yashaydi.
Karkidon tropik Afrika va Janubiy
Osiyoda tarqalgan.
1. Tuyoqli sutemizuvchilar qanday tuzilgan?
2. Juft tuyoqlilar uchun xos belgilar nimadan iborat?
3. Kavsh qaytaruvchilar oshqozoni qanday tuzilgan?
4. Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilar qanday tuzilgan?
5. Toq tuyoqlilar yashash muhitiga qanday moslashgan?
1. Kavsh qaytaruvchilar oshqozonida:
a) oziq mikroorganizmlar ta’sirida hazm bo‘ladigan holatga keladi;
b)
oziq qayta chaynaladi;
d) o‘simlik kletchatkasi hazm bo‘ladi.
2. Buxoro bug‘usi:
a) Hisor qo‘riqxonasida boqiladi;
b) Zarafshon qo‘riqxonasida boqiladi;
d) Qizilqum qo‘riqxonasida boqiladi.
3. Toq tuyoqlilarning:
a) birinchi va uchinchi barmog‘i kuchli rivojlangan;
b) ko‘richak o‘simtasi juda uzun;
d) oshqozoni ikki bo‘lmadan iborat.
Hayvonlar nomi bilan ularning xususiyatlarini juftlab yozing.
a) jayron;
1) qo‘riqxonalarda qolgan;
b) xongul;
2)
xonaki ot naslboshisi;
d) to‘ng‘iz;
3) to‘qaylarda uchraydi;
e) tarpan.
4) cho‘llarda yashagan.
Dostları ilə paylaş: