190
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
57-§. Tuyoqli sutemizuvchilar
Juft tuyoqlilar turkumi.
Juft tuyoqlilarning
barmoqlari bir yoki
ikki juft bo‘lib, tuyoqlar bilan qoplangan. Juft tuyoqlilar kavsh
qaytaruv
chi va kavsh qaytar
maydigan guruhlarga bo‘linadi.
Kavsh qaytaruvchi
juft tuyoqlilar – oyoqlari ancha uzun, oshqozoni
to‘rt bo‘lmali, o‘simlikxo‘r hayvonlar (112-rasm). Odatda, o‘simlik
tarkibida qiyin hazm bo‘ladigan kletchatka ko‘p bo‘ladi. Kavsh qayta-
112-rasm. Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilar:
1 – jayron; 2 – jirafa; 3 – arxar; 4 – zubr
1
2
3
4
191
57-§. Tuyoqli sutemizuvchilar
ruvchilar oshqozonida yashaydigan mayda mikroskopik bakteriyalar
va infuzoriyalar kletchatkaning hazm bo‘lishiga yordam beradi. Ular
dastlab oziqni yaxshi chaynamas
dan yutadi. Oziq oshqozonda mikro-
organizmlar ta’sirida yengil hazm bo‘ladigan holatga keladi.
Bunday
oziq og‘iz bo‘shlig‘iga qaytarib chiqariladi va tishlar yordamida qayta
yaxshi chaynalib (kavshalib), yana oshqozonga yutiladi.
Kavsh qaytaruvchilarga sigir, qo‘y, echki, zubr, sayg‘oq, jayron,
bug‘u va boshqa ko‘pchilik juft tuyoqlilar kiradi. Odatda ularning
boshida bir juft muguz shoxlari bo‘ladi.
Bu shoxlar hayvonning bu-
tun hayoti davomida o‘sib boradi. Bug‘u va los kabi hayvonlarning
shoxlari har yilda almashinib, o‘rniga yangisi o‘sib chiqadi.
Jayron (ohu yoki g‘izol) O‘zbekiston cho‘llarida yakka holda,
juft-juft yoki 30 tagacha hayvondan iborat poda bo‘lib yashagan.
U cho‘l sharoitiga yaxshi moslashgan: rangi qo‘ng‘ir tusda bo‘lgani-
dan atrof-muhitda ko‘zga tashlanmaydi.
Jayron go‘shti juda mazali bo‘lgani uchun ovlangan. O‘zbekiston-
da jayron faqat qo‘riqxonalarda saqlanib qolgan.
Kavsh qaytaruvchi
juft tuyoqlilardan Buxoro bug‘usi (xongul) Qizilqum qo‘riqxonasi-
da va Termiz yaqinidagi Payg‘ambar oroli
da boqilmoqda; Ustyurt
dashtida sayg‘oq uchraydi.
Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarning qoziq tishlari kuchli
rivojlangan, oshqozoni bo‘lmalarga bo‘linmagan; bo‘yin, oyoq
lari
va dumi kalta. Ularga to‘ng‘iz (yovvoyi cho‘chqa) va suv ayg‘iri
(begemot) kiradi (113-rasm).
To‘ng‘iz ancha yirik hayvon; tanasining uzunligi 180 sm ga-
cha, vazni 200–240 kg keladi.
To‘ng‘iz Yevropa va Osiyo qit’asida
tarqalgan; O‘zbekistonda tog‘li joylarda va to‘qaylarda uchraydi.
Dostları ilə paylaş: