1-laboratoriya mashg‘uloti.
Tufelkaning tuzilishi, harakatlanishi va ta’sirlanishi
Kerakli jihozlar: mikroskop, 2–3 hafta oldindan tayyorlab
qo‘yilgan pichan ivitmasi, qizil kongo bo‘yog‘i eritmasi, buyum va
qoplog‘ich oynalar, paxta tolasi, shisha tayoqcha, tomizg‘ich, pin-
set, ensiz kesilgan filtr qog‘ozi, yashil metil va sirka kislotaning 1:1
nisbatda tayyorlab olingan suvdagi eritmasi, kompyuter, proyektor.
Xafvsizlik texnikasi.
Laboratoriyada ishlash uchun xalat yoki
labo
ratoriya etagidan foydalaniladi. Kiyimlarni iflos qilmaslik yoki
allergik reaksiyalar paydo bo‘lmasligi uchun kimyoviy moddalardan
ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur. Mikropreparatni ifloslantirmas-
lik uchun uni yon chetlaridan bosh va ko‘rsatkich barmoqlar bilan
ushlab turish zarur. Mikropreparatdagi obyekt ezilmasligi uchun
mikroskop bilan ishlashda, ayniqsa uning kichik obyektividan kat-
tasiga o‘tkazishda juda ehtiyot bo‘lish zarur.
1-ish.
Tufelkaning tuzilishini o‘rganish va organoidlarining ishlashini
kuzatish. Tomizg‘ich yordamida tufelka ko‘paytirilayotgan pichan
ivit
masidan 15–20 tomchi olib, soat oynasiga tomizing va unga bi-
roz qizil kongo bo‘yog‘i qo‘shib, shisha tayoqcha bilan aralashtiring
(kongo bo‘yog‘i qo‘shilgan ivitma och qizg‘ish rangli bo‘lishi lozim).
Tomizg‘ich yordamida bo‘yoqli ivitmadan bir tomchi olib, buyum
oynasiga tomizing (bu ishni kongo bo‘yog‘i bo‘lmagan hollarda ham
ko‘rsatilgan tartibda bajarish mumkin).
Tufelkaning harakatini sekinlashtirish uchun tomchiga bir necha
dona paxta tolasi tashlang. Tomchining ustini qoplag‘ich oyna bilan
yoping va uning chetlaridagi suvni filtr qog‘oziga ehtiyotlik bilan
shimdirib oling. Ana shu usulda tayyorlangan preparatni dastlab
mikroskopning kichik obyektivida, so‘ngra katta obyektivida kuzating.
Odatda, tufelkalar organik zarrachalar yoki paxta tolalari atrofida
g‘uj bo‘lib to‘planish xususiyatiga ega. To‘plangan tufelkalardan
birini mikroskopning katta obyektivida kuzating. Tufelka tanasining
oldingi va keyingi tomonini aniqlang. Tanasining yon tomonida
joylashgan og‘izoldi chuqurchasini, oldingi va keyingi tomonidagi
ikkita qisqaruv
chi vakuollarni toping va ularni kuzating. Kiprikcha-
lar bir me’yorda harakatlanib, tufelka tanasi yaqinida va ayniqsa,
uning og‘iz teshigi atrofida suv oqimini hosil qiladi. Qizil kongo
1-laboratoriya mashg‘uloti
22
bo‘yog‘i oziq bilan birga hazm qilish vakuollari ichiga o‘tib, ularni
qizil rangga bo‘yaydi. Mikroskopda tufelka kipriklari harakatini, oziq
hazm qilish vakuollarining sitoplazma oqimi bilan harakatlanishini
kuzating.
Tufelkaning oldingi va keyingi tomonida bittadan qisqaruvchi va-
kuola joylashgan. Har qaysi vakuola suyuqlikni sitoplazmadan yig‘ib
oluvchi bir necha uzun va ingichka naychalar, suyuqlik to‘plovchi
pufakcha va uning ichida to‘plangan suyuqlikni tashqariga ajratib
chiqaradigan naychasidan iborat. Pufakchalar navbat bilan qisqarib,
suyuqlikni tashqariga chiqarib turadi. Bir necha daqiqa davomida
vakuol pufagining suv bilan to‘lishi va bo‘shashini kuzating.
2-ish. Tufelkaning ta’sirlanishini kuzatish. Buyum oynasiga toza
suv va infuzoriyali pichan ivitmasidan bir tomchidan tomizing.
Bu ikkala tomchini ingichka kanalcha orqali tutashtiring. Tufelkali
pichan ivitmasi tomchisiga bir nechta mayda osh tuzi zarrachalari-
ni tashlang. Mikroskopning kichik obyektivida tufelkalarni osh tuzi
tashlangan suvdan toza suv tomchisiga o‘tishini kuzating.
3-ish. Tufelkaning kuydiruvchi tanachalarini otib chiqarishini
va yadrolarini kuzatish. Buyum oynasiga tufelkali pichan ivitma
-
sidan tomizing. Tomchiga sirka kislota va yashil metil bo‘yog‘i
aralashmasining suvdagi eritmasidan bir tomchi tomizing. Tom-
chini qoplag‘ich oyna bilan yopib, mikroskopning katta obyek-
tivida kuzating. Sirka kislota ta’sir etganda tufelka kuydiruvchi
tanachalarini otib chiqarib, halok bo‘ladi. Yashil metil bo‘yog‘i
esa tufelkaning yadrolarini yashil rangga bo‘yaydi. Mikroskopning
katta obyektivida tufelka tanasi sirtiga otilib chiqqan tanachalarni
toping. Bu tanachalar tufelka ustida tartibsiz joylashgan ingichka
iplar shaklida ko‘rinadi. O‘sha preparatda loviyasimon katta yadro
va uning botiq tomonida joylashgan kichik yadroni toping.
II bob. Bir hujayralilar, ya’ni sodda hayvonlar
23
III
BOB
Dostları ilə paylaş: |